Urugʻchilik xoʻjaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Urug`chilik xo`jaligidan yoʻnaltirildi)

Urugʻchilik xoʻjaligi - rayonlashtirilgan ekinlarning yuqori sifatli navdor urugʻlarini yetishtiradigan va viloyatlar yoki zonalar xoʻjaliklarini urugʻlik bilan taʼminlaydigan maxsus xoʻjaliklar va ilmiy tadqiqot muassasalarining tajriba xoʻjaliklari. Yangi nav urugʻini dastlabki koʻraytirish elita xoʻjaliklari va rayonlashtirilgan navlar urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarga boʻlinadi. Urugʻchilik xoʻjaligi navli urugʻlarni ilmiy tadqiqot intlaridan olingan elita yoki superelita urugʻlardan koʻpaytiradi va xoʻjaliklarga I va keyingi reproduksiya urugʻlari yetkazib beradi. Mas, Oʻzbekistonda paxtachilik sohasida 80 ga yaqin, shu jumladan, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot intida yaratilgan navlar boʻyicha 41 ta elita xoʻjaliklarida 1 va keyingi reproduksiyali urugʻlar koʻpaytiriladi (2001). Har bir elita Urugʻchilik xoʻjaligi 40—50 ming ga, yirik xoʻjaliklar esa 100—200 ming ga paxta maydonini 1 reproduksiyali urugʻlar bilan taʼminlaydi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]