Uroš Đurđević

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uroš Đurđević (talaffuzi: Urosh Jurjevich; 1994-yil 2-martda Belgradda tugʻilgan) — Ispaniyaning „Sporting“ futbol klubi va Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi.

Uroš Đurđević
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-mart 1994-yil (1994-03-02) (30 yosh)
Tavallud joyi Belgrad, FR Yugoslaviya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sporting Gijón
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2005 Obrenovac 1905
Red Star Belgrade
OFK Beograd
2008—2011 Rad
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Rad 41 (11)
2014—2015 Vitesse 25 (1)
2015—2016 Palermo 14 (2)
2016—2017 Partizan 34 (27)
2017—2018 Olympiacos 19 (4)
2018— Sporting Gijón 164 (54)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Serbiya U19 14 (3)
2013—2017 Serbiya U21 30 (16)
2021— Montenegro 10 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uroš Đurđević — „Rad“ futbol klubi bitiruvchisi. 2011-yil 28-avgustda Sloboda Tuzla futbol klubiga qarshi oʻyinda u jamoa safida Serbiya chempionatida debyut qildi[1]. 2012-yil 17-noyabr kuni „Hajduk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Uroš Đurđević o‘zining birinchi golini urdi[2]. Birinchi mavsumida u toʻqqizta gol urdi, bu „Partizan“ va Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klublari eʼtiborini tortdi[3].

2014-yilda Uroš Đurđević Gollandiyaning „Vitesse“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 7-fevral kuni „ADO Den Haag“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lukas Piazon oʻrniga Erediviziyada debyut qildi[4]. 2015-yilning avgustida „Vitesse“ futbol klubi Uroš Đurđević bilan shartnomani bekor qildi[5].

2015-yilning yozida Uroš Đurđević erkin agent sifatida ItaliyaningPalermo“ futboo klubiga oʻtdi[6]. 13-sentabr kuni „Carpi“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Uroš Đurđević ikkinchi boʻlimda Alberto Gilardino oʻrniga maydonga tushib, Italiya A seriyasida debyut qildi[7]. Oʻsha uchrashuvda Uroš Đurđević „Palermo“ futbol klubi tarkibidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Uroš Đurđević yoshlar terma jamoasi tarkibida Latviyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Turkiya, Gruziya, Portugaliya va ikki marta Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9][10][11][12]. Yarim finalda portugaliyaliklarga qarshi o‘yinda Uroš Đurđević gollardan birini kiritgan.

2017-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Uroš Đurđevićyoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Makedoniya, Portugaliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14][15]. Makedoniyaliklarga qarshi kechgan bahsda Uroš Đurđević gol urdi.

2021-yilning 7-martida u Chernogoriya terma jamoasi safida ilk bor bosh murabbiy Miodrag Radulovich tomonidan JCh—2022 saralash bosqichi doirasida Latviya, Gibraltar va Norvegiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etish uchun chaqirildi[16]. 2021-yilning 24-mart kuni Chernogoriya terma jamoasi safida 2022-yilgi jahon chempionati saralash turniri 1-bosqichi doirasidagi safarda Latviya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi[17].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
F. K. Rad

Serbiya bayrogʻi Serbiya

2011—2012 7 0 0 0 0 0 7 0
2012—2013 23 9 2 0 25 9
2013—2014 11 2 1 0 12 2
Jami 41 11 3 0 0 0 44 11
S. B. V. Vitesse

Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya

2013—2014 6 0 0 0 0 0 6 0
2014—2015 18 1 1 0 19 1
2015—2016 1 0 0 0 1 0 2 0
Jami 25 1 1 0 1 0 27 1
U. S. Palermo

Italiya bayrogʻi Italiya

2015—2016 14 2 0 0 14 2
F. K. Partizán

Serbiya bayrogʻi Serbiya

2016—2017 29 24 5 4 0 0 34 28
2017—2018 5 3 0 0 6 4 11 7
Jami 34 27 5 4 6 4 45 35
Olympiacos F. C.

Yunoniston bayrogʻi Gretsiya

2017—2018 19 4 6 3 5 0 30 7
Real Sporting de Gijón

Ispaniya bayrogʻi Ispaniya

2018—2019 38 11 2 1 40 12
2019—2020 37 6 0 0 37 6
2020—2021 39 22 2 0 41 22
2021—2022 35 14 3 2 38 16
2022—2023 6 2 0 0 2 2
Jami 139 49 5 2 0 0 145 51
Umumiy faoliyatida 263 84 18 9 12 4 294 97

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рад VS. Слобода 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 28-avgust).
  2. „Рад VS. Хайдук Кула 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-noyabr).
  3. „Đurđević za SPORTAL.RS: Nemam problem sa eventualnim prelaskom u Partizan, ne idem direktno iz Zvezde“ (Serbian). sportal.rs (2013-yil 31-may). 2013-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  4. „Витесс VS. АДО Ден Хааг 0:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 7-fevral).
  5. „Durdjevic verlaat Vitesse.“ (nl). vitesse.nl. Qaraldi: 2015-yil 15-avgust.
  6. „Palermo, scommessa serba: è ufficiale l'U21 Djurdjevic“ (Italian). La Gazzetta dello Sport (2015-yil 18-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  7. „Палермо VS. Карпи 2:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 13-sentyabr).
  8. „Сербия (до 19) VS. Турция (до 19) 2:1“ (ru). soccerway.com (20 июля 2013).
  9. „Сербия (до 19) VS. Грузия (до 19) 1:0“ (ru). soccerway.com (23 июля 2013).
  10. „Сербия (до 19) VS. Португалия (до 19) 2:2“ (ru). soccerway.com (29 июля 2013).
  11. „Франция (до 19) VS. Сербия (до 19) 1:1“ (ru). soccerway.com (26 июля 2013).
  12. „Франция (до 19) VS. Сербия (до 19) 0:1“ (ru). soccerway.com (1 августа 2013).
  13. „Сербия (до 21) VS. Македония ( до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-iyun).
  14. „Португалия (до 21) VS. Сербия ( до 21) 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 17-iyun).
  15. „Сербия (до 21) VS. Испания ( до 21) 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-iyun).
  16. „RADULOVIĆ: VJERUJEM U IGRAČE KOJI SU NA SPISKU“ (cnr). fscg.me. Футбольный союз Черногории (2021-yil 7-mart). Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
  17. „PREOKRET I POBJEDA ,,SOKOLA“ U RIGI“ (cnr). fscg.me. Футбольный союз Черногории (2021-yil 24-mart). Qaraldi: 2021-yil 27-mart.