Urdu federal san’at, fan va texnologiya universiteti
وفاقی جامعہ اردو | |
Boshqa nomi |
FUUAST |
|---|---|
Ilgarigi nomi |
Urdu federal fan kolleji, Urdu federal sanʼat kolleji |
| Turi | Davlat universiteti |
| Asos solingan sanasi | 2002-yil |
| Akkreditatsiya |
PMK OʻTK Pokiston advokatlar kengashi Pokiston farmatsiya kengashi Pokiston gomeopatiya milliy kengashi |
| Kansleri | Pokiston prezidenti |
| Vitse-kansleri | Zabtaxon Sinvari[1] |
Xodimlar tarkibi |
450 |
| Talabalari | ~13,500 |
| Joylashuvi |
, , Pokiston 24°54′43″N 67°05′27″E / 24.9120°N 67.0907°E |
| Kampusi | Asosiy kampus |
| Ranglari | Yashil, oq |
| Veb-sayti |
Islomobod kampusi Karachi kampusi |
Urdu federal sanʼat, fan va texnologiya universiteti (urducha: وفاقی جامعہ اردو, FUUAST) – asosiy qismi Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan davlat universiteti[2]. Universitetda ikkita kampus mavjud. Markaziy kampus Islomobodda, ikkinchi kampus esa Karachida joylashgan[3]. Universitetning maʼmuriyati va diplom berish boʻlinmalari hozirda Karachida joylashgan boʻlib, shuningdek, universitetning bosh qarorgohi vazifasini bajaradi. Universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarida keng koʻlamli oʻquv dasturlarini taklif etadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati asosan san’at, tillar, muhandislik, ijtimoiy fanlar va falsafa sohalarida olib boriladi[3]. Hozirgi kunda taxminan 13 500 talaba tahsil olayotgan FUUAST mamlakatdagi yirik oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Pokiston Oliy taʼlim komissiyasi tomonidan „Umumiy toifa“dagi oliy oʻquv yurtlari ichida top 10 talikka kiritilgan[4]. Universitet tillar boʻyicha taʼlim beruvchi kam sonli oliy taʼlim muassasalaridan biri sifatida oʻziga xos oʻringa ega. Shuningdek, tillar, muhandislik, falsafa, tabiiy fanlar, tibbiyot va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish yoʻlidagi ilmiy tadqiqotlar olib borishi bilan shuhrat topgan[5]. Bundan tashqari, universitet turli akademik sohalar boʻyicha xalqaro standartlarga mos keladigan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni taklif etish bilan bir qatorda, moliyaviy jihatdan ham hamyonbop ekani bilan tanilgan[5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urdu kolleji dastlab 1949-yilda Urdu tilining otasi Maulvi Abdul Haq tomonidan taʼsis etilgan[3][6]. Keyinchalik, 2002-yil 13-noyabrda prezident farmoni bilan bu kollej universitet maqomini oldi va Pokistonda asosan urdu tilida taʼlim beradigan birinchi universitetga aylandi. U Karachidagi Urdu federal sanʼat kolleji va Urdu federal fan kollejini birlashtirish natijasida tashkil topgan. Pirzada Qosim Raza Siddiqui 2002-yilda Urdu federal universitetining birinchi vitse-kansleri etib tayinlandi[7]. Prezident Pervez Musharraf esa universitetning birinchi kansleri boʻldi[3].
Kampuslari va fakultetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetda uchta yirik kampus va koʻplab fakultetlar bor:
- Abdul Haq kampusi – Karachi shahridagi Baba-e-Urdu Roadda joylashgan (avvalgi nomi Urdu federal sanʼat kolleji)[3].
- Gulshan kampusi – Karachi shahrining Universitet koʻchasi Gulshan-e-Iqbal hududida joylashgan (avvalgi nomi Urdu federal fan kolleji)[3].
- Islomobod kampusi – dastlab 2003-yilda Islomobod yaqinida tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik Kuri Model qishlogʻi, Mozah Mohrian, 5B, Bahria anklav yoʻli yaqiniga koʻchirildi.
|
Abdul Haq kampusi |
Gulshan kampusi |
Islomobod kampusi |
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dr Zabta Khan Shinwari made Fuuast VC“. The News International (newspaper) (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 5-noyabr.
- ↑ „Address of Federal Urdu University“. Google Maps. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Amanullah Bashar. „Urdu University: A Gift Of The Present Government“. Pakistan Economist (magazine) (2006-yil 6-oktyabr). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
- ↑ „Category Wise Rankings“. www.hec.gov.pk. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 FUU Press „Introduction of FUU“. FUU Press. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
- ↑ „کراچی کی سرکاری جامعات“. Daily Jang.
- ↑ „KARACHI: Pirzada Qasim appointed first VC of Urdu varsity“. Dawn (newspaper) (2002-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 25-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Urdu federal san’at, fan va texnologiya universiteti“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |