Kontent qismiga oʻtish

Upekxa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dharma gʻildiragi
Buddizm
Madaniyati
Tarixi
Buddistlar
Maktablar
Ibodatxonalar
Matnlar
Portal

Upekxā (𑀉𑀧𑁂𑀓𑁆𑀔𑀸; upekxā) – bu Buddaviylikdagi xotirjamlik (tinch ong holati) tushunchasidir. U brahmaviharalar – yaʼni „Brahma olami“ (brahmaloka) fazilatlaridan biri hisoblanadi va ezgu ruhiy omillardan biridir (kuśala cetasika), u Nirvāna sari yetaklovchi Dhyana (meditatsiya) amaliyoti orqali rivojlantiriladi.

Pali adabiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pali kanoni va undan keyingi davr sharhlarida upekxā – ruhiy rivojlanishning muhim jihati sifatida koʻrsatiladi. U Brahmaviharaning toʻrtta oliy holatidan biri boʻlib, shahvat, gʻazab va johillik kabi ruhiy holatlarga qarshi turishga qodir boʻlishlikka yordam beradi. Brahmavihara sifatida, u anʼanaviy tarzda tan olingan qirqta Buddaviy meditatsiya mavzularidan (kammaṭṭhāna) biridir.

Theravadadagi oʻnta pāramī (kamolot) roʻyxatida esa upekxa – oxirgi belgilangan bodhisatta amaliyoti hisoblanadi. Uyg‘onishning yetti omilida (bojjhanga) esa u ruhiy yetuklikning soʻnggi rivojlantiriladigan xususiyati hisoblanadi

Upekxani amalda tatbiq etish – hayotdagi sakkizta oʻzgaruvchan holatga nisbatan xotirjamlik bilan, betaraf holda bardosh berish demakdir. Bu holatlar odatda „dunyodagi shamolning sakkiz yoʻnalishi“ yoki „dunyoviy sharoitlar“ deb ataladi: yoʻqotish va topish, obroʻe'tibor va badnomli, maqtov va tanqid, qaygʻu va quvonch (atthaloka dhamma)[1].

Meditatsion jamlanganlik (samādhi)ni rivojlantirishda upekxā moddiy chanqoqlikdan xoli yuksak ruhiy singdiruvchanlik omili sifatida namoyon boʻladi. U uchinchi va toʻrtinchi jhāna holatlarida mavjud.

  1. Piyadassi, Thera (1960). "The Seven Factors of Enlightenment". Wheel (Buddhist Publication Society) 1. https://www.accesstoinsight.org/lib/authors/piyadassi/wheel001.html. Qaraldi: 2013-10-07.Upekxa]]