Unutganim yoʻq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Unutganim yoʻq“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1995
Yozib olingan 1995
Davomiyligi 5:03
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
„6-albom“ xronologiyasi
„Nega?“ Unutganim yoʻq

Unutganim yoʻq“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1995-yil (ayrim manbalarga koʻra, 1996-yil[1]) chiqarilgan „6-albom“ nomli studiyaviy albomiga sakkizinchi va yakuniy trek oʻlaroq kiritilgan[2]. „Unutganim yoʻq“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir[3]. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]

Qoʻshiq do-major tonalligida yozilgan[4]. Yakuniy kuplet modulyatsiya boʻlib, bir ton yuqori ijro etilgan. Yakuniy naqorat davomida Timur Gaynutdinov ekspressiv solo chalgan.

Qoʻshiqning „Ya tebya ne zabil“ nomi bilan aytilgan ruscha versiya ham mavjud, ammo ruscha versiya pop janrida boʻlib, tezroq tempda ijro etilgan. „Unutganim yoʻq“ qoʻshigʻini bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Renat Sobirov kaver qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bilaman bu hayot“. Spotify. Qaraldi: 16-oktyabr 2022-yil.
  2. „"Болалар" гуруҳининг 6 чи оригинал альбоми“. YouTube (26-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 16-oktyabr 2022-yil.
  3. Нормуродов, Шуҳрат „Аудиокассета афсоналари: 90-йиллар эстрадаси нега кучли эди?“. Xabar (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2022-yil.
  4. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]