Umriya koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Umriya koʻli
forscha: دریاچه ارومیه
37°39′43″N 45°24′18″E / 37.66194°N 45.40500°E / 37.66194; 45.40500 G OKoordinatalari: 37°39′43″N 45°24′18″E / 37.66194°N 45.40500°E / 37.66194; 45.40500 G O
1984-yilda samodan olingan tasvir
1984-yilda samodan olingan tasvir
MamlakatEron
Dengiz sathidan balandlik1 275 m
Eng katta chuqurligi16 m
Oʻrtacha chuqurligi5 m
Minerallanish turiShoʻr

Urmiya(forscha: دریاچه ارومیه , ozarbayjoncha: Urmiya gölü, armancha: Ուրմիա լիճ[1][2]) — irmogʻsiz, shoʻr koʻl. Eron shimoli-gʻarbidagi Sharqiy va Gʻarbiy Ozarbayjon tumanlari oraligʻidagi Armaniston togʻlarida joylashgan.

Nomilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Avesto"da u „shoʻr suvli chuqur koʻl“
  • Chechasht („porayotgan oq“) sifatida tanilgan va bu nom ostida XIV asr fors mualliflari tomonidan tilga olingan.
  • Buhayrat ash-Shurot“ — „bid’atchilar koʻli“ deb Istaxrlar ataydi.
  • Oʻrta asrlarda u „Shoʻr koʻl“ deb ham atalgan;
  • Kabudan (Eron. Daryacha-yi Kabudan — „koʻk koʻl“[3], armancha: Կապուտան (Kaputan));
  • Tala (Qal’ada).
  • 1926-yilda u Shoh Rizo Pahlaviy sharafiga Rezoye deb oʻzgartirildi;
  • 1970-yillarda avvalgi nomi qaytarildi.
  • Hozirgi vaqtda koʻl gʻarbiy qirgʻoqdagi xuddi shu nomdagi Umriya shahri sharafiga qoʻyigan.

Mintaqaning boshqa tillaridagi zamonaviy nomi:

- ozarbayjoncha: Urmiya gölü,

- armancha: Ուրմիա լիճ (Urmiya lich)[4],

- kurdcha: Gola Urmiyê.

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984 — 2014-yilar oraligʻida sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini solishtiruvchi animatsiya.

Bugungi kunga kelib, koʻl yoʻq boʻlib ketish arafasida. 1998-yilda boshlangan qurgʻoqchilik, atrofdagi shahar va qishloqlar aholisining koʻl suvini haddan tashqari isteʼmol qilishi, shuningdek, unga quyiladigan daryolarga toʻgʻonlar qurilishi tufayli Urmiya hududining 70 % dan ortiq qisqardi.[5][6]. Urmiya shahri munitsipaliteti vakili Javad Jahongirzodaning soʻzlariga koʻra, agar koʻl toʻliq qurib qolsa, oʻz oʻrnida 10 milliard tonna tuz qoladi va 14 millionga yaqin odam chiqib ketishga majbur boʻladi. Har yili koʻldan taxminan 3 milliard m³ suv bugʻlanadi[5].

2011-yilda mahalliy aholining Urmiyani qutqarish uchun favqulodda vaziyat rejasini qabul qilish haqidagi navbatdagi talablari parlament tomonidan rad etildi. Hukumatni koʻlni qutqarishga chaqirish maqsadida uyushtirilgan mitingning 60 nafar ishtirokchisi 2011-yil 4-sentabrda hibsga olindi[7].

Mutaxassislar 2014-yil holatiga koʻra, koʻlni qutqarish boʻyicha chora tadbirlar tadbiq etilmasa, Urmiya koʻli toʻrt yildan soʻng botqoqqa aylanib qolishini tahmin qilishgan[6].

Koʻlni qutqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil oktabr oyida koʻlning holati

Koʻlni saqlab qolish uchun bir nechta rejalar mavjud edi. Shunday qilib, 2012-yil avgust oyida Eron atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti rahbari Muhammad-Javad Muhammadizoda Armaniston Eronga suv tashish orqali Urmiyadagi suv sathini tiklashga yordam berishga rozilik olganini eʼlon qildi. Qayta tiklash rejasi Sharqiy Ozarbayjon viloyatidan suv tashishni ham oʻz ichiga olgan.

Araks daryosidan suv oʻtqazish rejasi ham bor edi, buning uchun 950 milliard eron reali ajratildi, biroq Ozarbayjonning eʼtirozlari sababli loyihadan voz kechishga qaror qilindi[8][9].

2013-yilda Eron hukumati Kaspiy dengizi suvini burish orqali koʻlni saqlab qolish loyihasini ishlab chiqishni boshladi[10]. 2014-yil oxiriga kelib loyiha yakuniy bosqichiga yetdi, xorijiy maslahatchilarni jalb qilgan holda turli variantlarni oʻrganish boshlandi[6].

2014-yil mart oyida Eron Atrof-muhit vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda koʻl va qirgʻoq boʻyidagi botqoq erlarni saqlab qolish rejasini ishlab chiqdi. Loyiha birinchi yilida 225 million dollar va butun loyiha uchun(umumiy) 1,3 milliard dollar talab qildi.

Eron hukumati nafaqat boshqa manbalardan koʻlga suv tashish loyihalarini, balki koʻldagi suv darajasini tiklashning boshqa usullarini ham moliyalashtirish niyatida. Shunday qilib, 2014-yil iyul oyida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy koʻldan suv oqimi samaradorligini oshirish boʻyicha ishning birinchi yili uchun toʻlash uchun taxminan 14 trillion eron riali (500 million dollardan ortiq) ajratishga qaror qildi, buning natijasida suv oqimini kamaytirish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha qishloq xoʻjaligida, shuningdek, atrof-muhitni tiklashda foydalaniladigan suv miqdori kamaytirish orqali rejalashtirilgan[5].

Gʻarbiy Ozarbayjon viloyati hudud suv xoʻjaligi rahbari Yaser Raxbardinning soʻzlariga koʻra, 2021-yilda Urmiya koʻlining maydoni oʻtgan yilning shu sanasiga nisbatan 1546 kvadrat kilometrga qisqargan[11][12].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Вачаган Адибекович Саргсян 9-й день творения = Արարման 9-րդ օրը. — Девятое чудо (9-րդ հրաշալիք), 2005. — С. 139. — 211 с. — ISBN 9789994156009
  2. Тадевос Хачатурович Акопян Հայաստանի պատմական աշխարհագրություն = Очерки по исторической географии Армении. — Издательство Ереванского Университета (Երեւանի համալսարանի հրատարակչություն), 1960. — С. 43, 461. — 479 с.
  3. Kratkie soobщeniya instituta narodov Azii, Vipuski 62-66, 1964
  4. Сандро Сардарян Армения - колыбель цивилизации = Հայաստանը քաղաքակրթության օրրան. — Издательство Ереванского Университета (Երեւանի համալսարանի հրատարակչություն), 2004. — С. 435, 495. — 496 с. — ISBN 9785808405790
  5. 5,0 5,1 5,2 „Iran to spend $500 million to save shrunken Lake Urmia“ (en). www.newscientist.com. Qaraldi: 25-may 2019-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Озеро Урмия в Иране может спасти вода из Каспия“ (ru). www.vestikavkaza.ru. Qaraldi: 25-may 2019-yil.
  7. „Демонстранты в Иране требуют спасти пересыхающее озеро“. Русская служба Би-би-си (4-sentabr 2011-yil). 4-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-oktabr 2011-yil.
  8. „Armenia to help Iran save drying lake Oroumiyeh“. www.payvand.com. Qaraldi: 25-may 2019-yil.
  9. „Иранский чиновник: Армения поможет Ирану спасти высыхающее озеро Урмия“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2015-yil. . IA Novosti Armenii — NEWS.am 03.08.2012
  10. „Иранское озеро Урмия могут спасти за счет Каспийского моря“. ИТАР-ТАСС (18-sentabr 2013-yil). 4-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-oktabr 2013-yil.
  11. Lake Urmia shrinks by over 1,500 km2
  12. حجم آب دریاچه ارومیه نصف شد

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Urmiya // Slovar sovremennix geograficheskix nazvaniy / Rus. geogr. o-vo. Mosk. sentr; Pod obщ. red. akad. V. M. Kotlyakova. Institut geografii RAN. — Yekaterinburg: U-Faktoriya, 2006.
  • Rezaye (ozero) // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 30 t.] / gl. red. A. M. Proxorov. — 3-e izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1969—1978.
  • „Lake Urmia“ (en). Encyclopædia Britannica. 24-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-noyabr 2010-yil.