Ummu Muso al-Hoshimiyya
| Ummu Muso al-Hoshimiyya أم موسى الهاشمية | |
|---|---|
| Abbosiylar harami Qahramonasi | |
|
Mansab davri 911 – 922 | |
| Vorisi | Qahramon Tumal |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Vafoti | Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
| Istiqomat joy(lar)i | Bagʻdod |
Ummu Muso al-Hoshimiyya (arabcha: أم موسى الهاشمية) – xalifa al-Muqtadir (h. 908–929) hukmronligi davrida Abbosiylar haramidagi saroy xodimlaridan biri boʻlgan. Qahramona (saroy ayollarining bosh boshqaruvchisi) lavozimida xizmat qilgan eng qudratli ayollardan biri sifatida tanilgan. Bu lavozim Abbosiylar haramidagi ayollarga tegishli eng yuqori mansab hisoblangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummu Muso Hoshimiylar sulolasining kichik bir tarmogʻiga mansub edi[1].
911-yilda xalifa uni qahramona yaʼni Shagʻobning shaxsiy vakili lavozimiga tayinladi. U bu lavozimda avvalgi qahramona Fotimaning oʻrniga tayinlangan edi. Dajla daryosida kechgan boʻron sababli Fotimaning kemasi halokatga uchrab choʻkkan edi. Ummu Muso haram xazinasi uchun mas’ul boʻlgan, haram ayollari, xizmatkorlar va shahzodalarning sarf-xarajatlarini boshqargan. U haram xarajatlarini har oyda 45 000 dinorga kamaytirgani uchun maqtovga sazovor boʻlgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ El Cheikh, Nadia Maria. „Revisiting the Abbasid Harems.“ Journal of Middle East Womenʼs Studies, vol. 1, no. 3, 2005, pp. 1–19. JSTOR, www.jstor.org/stable/40326869. Accessed 27 Mar. 2021.
- ↑ El Cheikh, Nadia Maria. „Revisiting the Abbasid Harems.“ Journal of Middle East Womenʼs Studies, vol. 1, no. 3, 2005, pp. 1–19. JSTOR, www.jstor.org/stable/40326869. Accessed 27 Mar. 2021.