Umayr ibn al-Valid
Umayr ibn al-Valid al-Bazgʻisiy at-Tamimiy (arabcha: عمير بن الوليد الباذغيسي التميمي)[1] toʻqqizinchi asr boshlarida Abbosiylar xalifaligining Misr noibi boʻlgan amaldori. 829-yil aprel oyidan toki bir necha oydan soʻng soliq tizimiga qarshi isyonda oʻldirilgunga qadar ushbu lavozimda xizmat qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umayr 829-yil aprel oyida Abu Isʼhoq (boʻlajak xalifa al-Mu’tasim (h. 833–842)) tomonidan Misr noibi etib tayinlandi. Bu tayinlov oldingi noib Isa ibn Yazid al-Juludiy Havf tumanidagi qabila arablarining qoʻzgʻolonini bostira olmaganidan keyin amalga oshirildi. Umayr havfliklarga qarshi yurishga tayyorgarlik koʻra boshladi. Biroq, qaysiy arablarni tinchlantirish uchun yuborilgan Abdulloh ibn Hulays (yoki Jalis) isyonchilar tomoniga oʻtib ketgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shunga qaramay, Umayr oʻz qo‘shinlari va sobiq noib Isa bilan birga Fustatdan yoʻlga chiqdi. Oʻzi yoʻqligida boshqaruvni oʻgʻli Muhammadga topshirib ketdi[2].
Oʻz navbatida, qoʻzgʻolonchilar xalifa al-Ma’mun (h. 813–833) yuborgan elchilar bilan uchrashishdi, ammo chekinishdan bosh tortib, Umayrga qarshi yurish boshlashdi. Tomonlar 829-yil may oyining oxirida toʻqnashishdi. Umayr hukumat qoʻshinlariga qoʻmondonlik qildi. Qoʻzgʻolonchilar tomonidagi qoʻshinlarga esa qaysiylarga Ibn Hulays, yamanliklarga esa Abdussalom al-Jumahiy rahbarlik qildi. Jang dastlab Umayr foydasiga hal boʻldi. Havfliklarning koʻpchiligi oʻldirildi, qolganlari chekinishga majbur boʻldi. Qoʻzgʻolonchilar esa pistirma qoʻyishdi. Umayr ularni taʼqib qila boshlaganda tuzoqqa tushib, halok boʻldi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ibn Taghribirdi 1930, s. 207.
- ↑ Al-Kindi 1912, ss. 185–86; Ibn Taghribirdi 1930, s. 207; Al-Ya'qubi 1883, s. 567
- ↑ Al-Kindi 1912, ss. 186–87; Ibn Taghribirdi 1930, ss. 207–08; Al-Ya'qubi 1883, s. 567; Al-Tabari 1987, ss. 181–82; Kennedy 1998, s. 83
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Taghribirdi, Jamal al-Din Abu al-Mahasin Yusuf. Nujum al-zahira fi muluk Misr wa'l-Qahira, Volume II. Cairo: Dar al-Kutub al-Misriyya, 1930.
- Kennedy, Hugh „Egypt as a province in the Islamic caliphate, 641-868“, . Cambridge History of Egypt, Volume One: Islamic Egypt, 640–1517. Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet. ISBN 0-521-47137-0.
- Al-Kindi, Muhammad ibn Yusuf. The Governors and Judges of Egypt (Arabic). Leyden and London: E. J. Brill, 1912.
- Al-Tabari, Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir. The History of al-Ṭabarī, Volume XXXII: The Reunification of the 'Abbasid Caliphate., Trans. Clifford Edmund Bosworth, Albany, NY: State University of New York Press, 1987. ISBN 0-88706-058-7.
- Al-Ya'qubi, Ahmad ibn Abu Ya'qub. Historiae, Vol. 2. Leiden: E. J. Brill, 1883.