Umar ibn al-Xattob masjidi (Saudiya Arabistoni)
Masjid | |
![]() | |
Masjid, 2017-yil | |
Mamlakat | ![]() |
Yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | taxminan VII–VIII asrlar |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht |
Holati | amaldagi |
![]() |
Umar ibn al-Xattob masjidi (arabcha: مسجد عمر بن الخطاب) – Saudiya Arabistonining al-Javf viloyatidagi tarixiy Dumat al-Jandal shahrida joylashgan islomiy (sunniy) masjid. Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattob sharafiga nomlangan boʻlib, aynan xalifa tomonidan qurilgan deb ishoniladi, biroq ushbu maʼlumot bahslidir. Masjidning minorasi bunday uslubda qurilgan Shimoliy Arabistondadagi birinchi minora hisoblanadi.
Masjidga tutash joyda milodiy I asrga taalluqli tarixiy Marid qal’asi joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Umaviylar xalifaligi davrida qurilgan[1]. Islomiy manbalarga koʻra, xalifa Umar ibn al-Xattob Quddusga safari chogʻida namoz oʻqish uchun masjid qurdirgan, shu sababli ushbu masjidga uning nomi berilgan[2][3]. Biroq binoning tuzilishi Roshidun xalifaligi davri meʼmorchiligiga oʻxshamaydi, shu sababli uning qurilishining Umarga nisbat berilishini baʼzi tarixchilar ishonchsiz deb hisoblashadi[1][2][3].
1793-yilda Saudiylar oilasi masjidni taʼmirlagan, shuningdek, namozxonani qiblaga toʻgʻriroq yoʻnalishda qaratib turishi uchun qayta qurgan[4][5]. Masjid bugungi kunda ham mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi[6].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid minorasi Shimoliy Arabistondagi eng qadimgi minora hisoblanadi[7]. Bino, jumladan uning namozxonasi va minorasi gʻishtdan qurilgan[8][9][7].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Masjid namozxonasining ichki qismi
-
Masjid ichidagi ustunli arkada
-
Masjid hovlisi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Charloux, Guillaume; Loreto, Romolo (January 2013). "Dûmat al-Jandal.". 2800 Years of History in the Kingdom of Saudi Arabia. https://www.researchgate.net/publication/278776631.
- ↑ 2,0 2,1 „Masjid 'Umar ibn al-Khattab“. www.archnet.org. Qaraldi: 2024-yil 20-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Umar ibn al-Khattab Mosque“. Nabataea.
- ↑ „Masjid 'Umar ibn al-Khattab“. www.archnet.org. Qaraldi: 2024-yil 20-iyun.
- ↑ „Umar ibn al-Khattab Mosque“. Nabataea.
- ↑ „Dûmat al-Jandal“ (fr). Archéologie.culture.gouv.fr.
- ↑ 7,0 7,1 „Historical Mosques in the Kingdom of Saudi Arabia: Investigating Architectural Styles Typology“ (en). Abdullatif Al Fozan Award for Mosque Architecture (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 20-iyun.
- ↑ „Masjid 'Umar ibn al-Khattab“. www.archnet.org. Qaraldi: 2024-yil 20-iyun.
- ↑ „Umar ibn al-Khattab Mosque“. Nabataea.