Kontent qismiga oʻtish

Umar ibn al-Volid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Umar ibn al-Volid
Jund al-Urdun hokimi
Mansabi 706–710-yillar
Amir al-haj
Mansabi taxminan 707
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
  • Abdulmalik
  • Abdulloh
  • Iso
  • Hafs
    (6 nafargacha oʻgʻli boʻlgan)
Toʻliq nomi
Umar ibn al-Volid ibn Abdulmalik ibn Marvon
Sulola Umaviylar (Marvoniylar)
Otasi Al-Volid ibn Abdulmalik
Dini Islom
Kasbi siyosatchi

Umar ibn al-Volid ibn Abdulmalik (arabcha: عمر بن الوليد بن عبد الملك) – Umaviylar shahzodasi, arab-Vizantiya urushlarida Umaviylar qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Otasi al-Volid I (h. 705–715) hukmronligi davrida Jund al-Urdun (Iordaniya okrugi) hokim boʻlib xizmat qilgan.

Umar ibn al-Volid Umaviylar xalifasi al-Volid ibn Abdulmalik va uning ummu al-valadlaridan birining oʻgʻli boʻlgan[1]. Xalifa al-Volid Umarni Jund al-Urdunga hokim etib tayinlagan[2]. 707-yilning noyabr oyida Makkada Haj ziyoratlarini nazorat qilish ham uning zimmasiga yuklatilgan[3]. 710/711-yilda Umar amakisi Maslama ibn Abdulmalik bilan birga Vizantiya hududiga qilingan yurishlarni boshqargan[3].

Umar koʻp ayollar bilan nikoh qurgani va oltmishtacha oʻgʻil koʻrgani uchun „Banu Marvon (Marvoniylar) tulpori“ yoki „Banu Umayya (Umaviylar) ajdodi“ deb atalgan[4]. Xotinlari orasida al-Hakam ibn Abu al-Osning (Umarning otasi tomonidan katta bobosi) nabirasi Ummu Abdulloh binti Habib ham bor edi, ularning Abdulmalik ismli oʻgʻli boʻlgan[5].

Abdulmalikning oʻgʻli Habib 750-yilda sodir boʻlgan Abbosiylar inqilobidan soʻng Al-Andalusdagi (Pireney yarim oroli) Kordova amirligiga yoʻl olgan[6] U yerda amirlikning asoschisi, Habibning uzoq qarindoshi Abdurahmon I uni Toledo hokimi etib tayinlagan va unga Kordova, Cabra, Rayyu (Malaga va Archidona) va Porcuna atrofidan mulk ajratgan[6]. Uning avlodlari Habibiy urugʻi nomi bilan mashhur boʻlgan nufuzli oila vakillari edi[6]. Shuningdek, Umarning oʻgʻillari Iso va Hafs ham Andalusga koʻchib oʻtgan[7].