Kontent qismiga oʻtish

Umar ibn Hubayra

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Umar ibn Hubayra
arabcha: عمر بن هبيرة الفزاري
Umaviylar xalifaligi Jazira viloyati hokimi
Mansab davri
718 yoki 720 – nomaʼlum
Hukmdor Umar II
Iroq hokimi
Mansab davri
721 – 724
Hukmdor Yazid II
Oʻtmishdoshi Maslama ibn Abdulmalik
Vorisi Xolid al-Qasriy
Shaxsiy maʼlumotlari
Bolalari Yazid ibn Umar ibn Hubayra
Ota-onasi Hubayra
Janglari Konstantinopol qamali (717–718)
Vizantiyaning Armaniston viloyatiga hujum (721)

Umar ibn Hubayra al-Fazoriy (arabcha: عمر بن هبيرة الفزاري) – mashhur Umaviylar sarkardasi, Umaviylar xalifaligining Iroqdagi hokimi. Oʻsha davrda boʻlib oʻtgan Qays–Yaman mojarolarida muhim rol oʻynagan.

Kelib chiqishi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaziralik Umar ibn Hubayraning[1] ona tomondan bobosi orqali arab zodagonlari avlodida boʻlganligi aytiladi. Uning bobosi Banu Fazora qabilasining Banu Uday boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Biroq manbalarda 696-yilda Umarning Sufyon ibn al-Abrad al-Kalbiy boshchiligida Iroqda xizmat qila boshlaganiga qadar boʻlgan vaqt ichida ushbu oila haqida hech qanday maʼlumot uchramaydi[1].

Umar 710-yillarda Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlarda qatnashgan. Maslama ibn Abdulmalik qoʻmondonligi ostida 715/716-yillarda Vizantiya poytaxti Konstantinopolni egallash boʻyicha muvaffaqiyatsiz yurishning dastlabki bosqichlarida musulmonlar flotiga qoʻmondonlik qilgan[2]. Keyingi yili Maslama uni Vizantiya imperatori Lev III Isavrning huzuriga elchi sifatida yuborgan[3].

  1. 1,0 1,1 Crone 1980.
  2. Blankinship 1994.
  3. Judd 2019.
Oldingisi Umaviylar xalifaligining Iroqdagi hokimi
721–724
Keyingisi