Kontent qismiga oʻtish

Umar Sayfiddin Ali masjidi

Masjid
Umar Ali Sayfiddin masjidi
malaycha: Masjid Omar Ali Saifuddien
Masjidning koʻrinishi, 2007-yil
Mamlakat Bruney
JoylashuviPusat Bandar, Bandar-Seri-Begavan
Koordinatalar4°53′22″N 114°56′21″E / 4.8894°N 114.9392°E / 4.8894; 114.9392
MulkdorBruney hokimiyati
MeʼmorAndoza:Br list
Qiymati58 million AQSh dollari
Binokorlik1954-yil 4-fevral—1958
Umumiy maydoni2.0 ga (5 akr)
Oʻlchami3000 namozxon
Gumbazlar soni1
Gumbazlar soni1
Balandligi171 ft (52 m)
Minoralar soni5
Minoralar soni5
Minoralar balandligi51 m (166 ft)
Qurilish materiallaribeton, poʻlat, italyan marmari, keramika plitkalar, Venetsiya shishasi
Holatifaol

Umar Ali Sayfiddin masjidi (malaycha: Masjid Omar Ali Saifuddien), norasmiy tarzda Sulton Umar Ali Sayfiddin masjidi deb ham ataladi[1], Bruney poytaxti Bandar-Seri-Begavan shahrida joylashgan masjid. Mamlakatdagi ikki davlat masjidlaridan (masjid negara) biri, ikkinchi davlat masjidi Jomeʼ Asr Hassanal Bolkiah masjidi hisoblanadi[2]. Uzoq Sharqdagi eng yirik va eng diqqatga sazovor masjidlardan biri boʻlib, 1958-yilda qurib bitkazilgan. Qurilish qiymati 5 million AQSh dollarini tashkil etgan[3]. Bruneyning 28-sultoni Umar Ali Sayfiddin III tomonidan barpo etilgan[4].

Masjid meʼmorchiligi mogʻul meʼmorchiligi taʼsiri ostida shakllangan[4]. Masjid oʻzining oltin gumbazi bilan tanilgan. Bino sunʼiy koʻl ichida joylashgan. Masjid mamlakatdagi eng koʻp suratga olinadigan obidalardan biridir[5].

Rivoyatlarga koʻra, italiyalik rassom va meʼmor Rudolfo Nolli masjid loyihasini Sulton Umar Ali Sayfiddin III yaratgan dastlabki chizmalar asosida ishlab chiqqan[6]. 1952-yilda masjid qurilishi uchun mos joy tanlash maqsadida qoʻmita tuzilgan, uni Pengiran Bendahara Pengiran Anak Muhammad Yasin boshqargan[7]. Qurilish ishlari 1954-yil 4-fevralda boshlangan.

Sulton Umar Ali Sayfiddin III masjid loyihalari uchun oʻzining ilk gʻoyalarini bergan, bu gʻoyalarni chizmachı Hoji Besar bin Sagap qogʻozga tushirgan. Oʻsha paytda Padang Besar hududidan katta yigʻilishlar oʻtkazish uchun foydalanilgan boʻlib, dastlab masjidni ham shu yerda qurish taklif qilingan. Biroq Kampong Ayer aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida sulton masjidning Bruney daryosi yaqinidagi joyda qurilishini soʻragan.

Masjid taxminan tax. 1970 yilda

Qurilishda 1500 tonna beton va 640 tonna poʻlat ishlatilgan, poydevor qoziqlarining uzunligi 24–37 metr (80–120 ft) boʻlgan[8]. Masjid qurilishi 5 yil davom etgan va sulton tomonidan 1958-yil 26-sentyabrda, sultonning 42 yoshga toʻlishi munosabati bilan tantanali ravishda ochilgan[1][8][9]. Ochilish marosimida Hassan Azhariy azon aytgan[10]. Ushbu marosimda Malay sultonlari[11], davlat arboblari, Malayziya Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari, Janubi-Sharqiy Osiyo general-gubernatori, Britaniya hukumati vakillari ishtirok etgan. Bu voqea oʻsha paytda mamlakat radiosida uzatilgan birinchi yangilik sifatida tarixda qolgan[12].

1959-yil 30-dekabrdan 1960-yil 3-yanvargacha Anvar Musaddad masjidda bir nechta maʼruzalar oʻqigan[13]. Masjidga 1972-yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Elizabeth II[14][a][14]. 1983-yilda Pierre Trudeau, 1980-yillar oʻrtalarida Muhammad Ziyo-ul-Haq, 1998-yilda shahzoda Salmon ibn Abdulaziz as-Saud, 2024-yilda Narendra Modilar tashrif buyurgan[15][16].

Jomeʼ Asr Hassanal Bolkiah masjidi qurilishi davrida, 1994-yil yanvar oyida masjidning birinchi rekonstruksiya ishlari yakunlandi[17], masjidga konditsioner oʻrnatildi va gumbazchalarining kichik oynalariga Qur’on oyatlari va Allohning ismlari yozilgan bezakli shisha oʻrnatildi.

Masjid Bruney tarixidagi koʻplab muhim marosimlarga mezbonlik qilgan. Masjid hanuzgacha qirollik oila aʼzolarining nikoh marosimlari va Mustaqillik kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan ommaviy shukrona namozlari uchun asosiy maskan boʻlib qolmoqda. Masjidda mashhur qirollik vakillari Sulton Hassanal Bolkiahning 1965-yildagi nikohi, valiahd shahzoda Al-Muhtadee Billohning 2004-yildagi nikohi, malika Rashida Saʼadatul Bolkiahning 1996-yildagi nikohi va malika Majida Nuurul Bolkiahning 2007-yildagi nikohi oʻqilgan[18].

Dizayni va xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid oʻlchami 69 x 26 m, bir vaqtning oʻzida 3000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladi. Ziyoratchilar mis eshiklardan kirar ekan, masjidning ichki makoni arab kalligrafiyasi, geometrik naqshlar, gul tasvirlari, uch bargli yoylar va Qur’on oyatlari bilan bezatilganini koʻrishlari mumkin. Masjidning ramziy va markaziy elementi boʻlgan mehrob oltin mozaikalar va abstrakt gullar bilan bezatilgan. Uning shiftida esa doira shaklidagi Qur’on oyatlari tushirilgan[1].

Minbarda imom xutba oʻqiydi. Al-Muazzin birinchi pogʻonadan, imom esa ikkinchi pogʻonadan foydalanadi. 4 ta kichik minora bilan birga mamlakatdagi eng balandi hisoblangan asosiy minora (51 m) islomning besh ustunini ifodalaydi va azon jarangini kuchaytiradi[1].

  1. ↑ Qirolichaning tashrifida unga shahzoda Philip Mountbatten va Malika Anna hamrohlik qilgan.
  1. 1 2 3 4 „Masjid Omar Ali Saifuddien“. Universiti Brunei Darussalam. 2024-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-sentyabr.
  2. ↑ Lopes & Mohd Hasnan 2021, s. 12.
  3. ↑ Fahlbusch, Erwin; Bromiley, Geoffrey William. The Encyclopedia of Christianity (en). Wm. B. Eerdmans Publishing, 1999 — 303-bet. ISBN 978-0-8028-2413-4. 
  4. 1 2 „Sultan Omar Ali Saifuddien Mosque“ (en-US). Southeast Asia Travel. Qaraldi: 2024-yil 22-sentyabr.
  5. ↑ Hor, Sandip „Travel: Discover Brunei through these must-visit places.“. Khaleej Times (Dubai, United Arab Emirates) (2024-yil 15-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  6. ↑ Ho, Hannah Ming Yit; Deterding, David. Engaging Modern Brunei: Research on language, literature, and culture (en). Springer Nature, 2021-02-26 — 203-bet. ISBN 978-981-334-721-2. 
  7. ↑ Haji Adanan Haji Abd. Latif. Bangunan ristaan (ms). Bandar Seri Begawan: Dewan Bahasa dan Pustaka Brunei, 2011 — 18-bet. ISBN 978-99917-0-770-9. 
  8. 1 2 Fish, William „6,000 roar their thanks as Sultan of Brunei opens mosque“ (1958-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-may.
  9. ↑ „MINGGU PERAYA'AN DI-BANDAR BRUNEI, PEMBESAR2 LUAR NEGERI BERSARAM BERGEMBERA“ (ms). Jabatan Penerangan (1958-yil 1-oktyabr), s. 2, 4. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  10. ↑ Sidek, Hasbi „Hassan Azhari meninggal dunia“ (ms). Berita Harian (2018-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  11. ↑ Stockwell, A. J.. Malaysia (en). The Stationery Office, 2004 — xxxiv-bet. ISBN 978-0-11-290581-3. 
  12. ↑ Information Department 2009, s. 5.
  13. ↑ „Sharahan ugama daripada mahaguru dari Indonesia“ (ms). Pelita Brunei (1960-yil 6-yanvar), s. 5. Qaraldi: 2024-yil 22-sentyabr.
  14. 1 2 Annual Report on the Social and Economic Progress of the People of Brunei (en). Printed at the Brunei Press, 1972 — 1-bet. 
  15. ↑ Chaudhury, Dipanjan Roy. „PM Modi in Brunei, visits Omar Ali Saifuddien Mosque“. The Economic Times (2024-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 22-sentyabr.
  16. ↑ Information Department 2009, s. 9.
  17. ↑ Lopes & Mohd Hasnan 2021, s. 8–9.
  18. ↑ Information Department 2009, s. 6.