Umakay jizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jiz - semiz qoʻyning goʻshtidan tayyorlanuvchi taom goʻshtsevarlarning orzusidir. Eng mohirona tayyorlanadigan joyi - Chiroqchi tumanining Samarqand viloyati bilan chegarasida joylashgan Umakay qishlogʻidagi choyxona. Choyxona, ayniqsa, yuk mashinalari haydovchilari oʻrtasida juda mashhur. Daraxt tagidagi supalarda bemalol oyoqlarni yozib ishtaha bilan tanovul qilishingiz mumkin. Yoʻl chekkasida joylashganligi uchun mashinalar shovqini biroz xalal bersa-da, taomning lazzati bu kabi kichik kamchiliklarni yopib yuboradi. 24/7 rejimida ishlaydigan bu choyxona, Qarshi - Samarqand yoʻlidagi eng koʻp ziyorat qilinadigan maskanlardan biriga aylangan.

Tayyorlanishi[tahrir]

Qoʻy goʻshti kichik, kubiksimon parchalarga boʻlinib, oʻzining yogʻiga qovuriladi. Ustiga biroz piyoz tashlanib, xoʻrandalarga taqdim qilinadi. Bir qarashda juda joʻn tuyilsa-da, goʻshtni qancha qovurish darajasini bilish haqiqiy oshpazlikni talab qiladi. Deyarlik, koʻzingizning oldida soʻyilgan qoʻyning goʻshtidan qilingani uchun bu taom shahardagi choyxonalardagilaridan lazzatda ustun turadi.

Agar yozda tashrif buyursangiz, haqiqiy dasht chalobini olib kelishlarini soʻrang. Ichiga koʻkat tashlangan, dashtda har xil oʻt-giyohlarni yeb, yelinlari toʻlgan sigirning qaymogʻi olinmagan sutidan tayyorlangan chalobni ichsangiz yoʻlingiz tushsa, bu yerga kirmasdan ketmaydigan boʻlib qolasiz.

Mavzuga doir maqolalar[tahrir]