Ulugʻ turkiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulug‘ turkistondan yoʻnaltirildi)

"ULUGʻ TURKISTON" - Toshkent shahrida tashkil topgan ziyolilarning "Ittifoq" jamiyatining nashr organi. 1917-yil 25 apreldan Toshkent shahrida chika boshlagan. Gaz.ga Sodiq Abdusattorov, Kabir Bakirov, P. Domogatskiy muharrirlik qilgan. "U. T." dastlab (41 soniga qadar) "Turkestanskiye vedomosti" matbaasida, keyinchalik "Umid" matbaasida chop etilgan (jami 155 soni chiqqan). 137 sonidan boshlab gaz.ning oxirgi sahifasi kirill imlosi (ruscha)da berilgan. Shuningdek, gaz.ning yana alohida 9 ta ilova sonlari ham nashr qilingan. "U.T." "Yashasin millatlar muxtoriyati" shiori ostida ish yuritgan. Gaz. da turli toifadagi va turli siyosiy qarashlarga taallukli ziyolilar, ulamolar ham ishtirok etgan. Laziz Azizzoda, Muxtor Bakirov, Mustafo Choʻqayev, Fayzulla Xoʻjayev, Sherali Lapin, Shokirjon Rahimiy, Gʻozi Yunus, Abdurauf Fitrat, Nushervon Youshev, Yusuf Xaliliy kabi ziyolilarning maqolalari bosilgan. "U.T." 1917—18 yillarda Turkistondagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni yoritib borgan. Sahifalaridan yangi tuzila boshlagan milliy siyosiy jamiyatlar, ularning oʻzaro aloqa va faoliyatlari, jamiyatlar tomonidan nashr qilinayotgan gaz. va jur.lar, Turkiston musulmonlarining qurultoylari, Turkiston muxtoriyati, bolsheviklarning oʻlkada olib borgan siyosati va boshqa materiallar oʻrin olgan. "U.T." 1918-yil Turkiston ASSR ichki ishlar komissarligi ixtiyoriga oʻtgach, 1918-yil noyabrda komissar Orif Klebleyevning buyrugʻi bilan toʻxtatilgan.