Ulugʻ yurt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulug‘ Yurtdan yoʻnaltirildi)

Ulugʻ yurt — Chingizxon vafotidan soʻng Moʻgʻumar davlati tarkibida tashkil topgan uluslardan biri. Unga Moʻgʻuliston, Shimoliy Xitoy, Tangut va Koreya karagan. Kron (ulugʻ xon) uni boshqargan va yasa (moʻgʻul qonunlar majmuasi)ga binoan uluslar (Joʻji ulusi, Chigʻatoy ulusi va elxoniylar yoki hulokuiylar)ning barchasi unga boʻysungan. Lekin Munke kron vafotidan soʻng uluslar amalda Ulugʻ yurtga buysunmay qoʻyganlar va oʻzlarini mustaqil idopa qila boshlaganlar. Oʻqtoyxon davri (1227—41) da Shimoliy Xitoy va Koreya (1234), Xubilay hukmronligi yillari (1260—94) Xitoyning jan. qismi ham Ulugʻ yurtga boʻysundirilgan. Shu vaqtdan boshlab poytaxt Qoraqurumdan Xonbaliqka (hozirgi Pekin) koʻchirilgan. Lekin xitoylarning Min sulolasi hokimiyatni qoʻlga olgach, moʻgullar Xitoydan butunlay quvib chiqarilgan (1368). Qoonlar hukmronligi (Tulixon avlodi) faqatgina Moʻgʻulistonning oʻzida saqlanib qolgan va 17-asrgacha davom etgan.