Ulugʻshoʻrkoʻl
Ulugʻshoʻrkoʻl, Ullishoʻrkoʻl, Shoʻrkoʻl — Xorazm viloyati janubidagi koʻl. Xiva shahridan 14 km janubisharkda va Chigʻirchi qishlogʻidan 6 km janubda joylashgan. Koʻlningjan. qismi Turkmaniston hududiga kirib borgan. 86 m balandlikda, havzasi maydoni 14,8 km². Koʻl shim.dan janubga choʻzilgan (uz. 16 km). Shimoliy qismida eni 4 km gacha. Ozyorniy kollektor suvlari va shim. qismidagi dalalarni yuvishdan oqib keladigan tashlama suvlardan toʻyinadi. Suvi shoʻr. Rekreatsiya ahamiyati bor. Xorazm baliqchilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |