Ulugʻbek Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulugbek Yunusovich Umarov (1958.15.12, Fargʻona shahri) — ishlab chiqarish novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Qoʻqon avtomobil yoʻllari texnikumini tugatgan (2004). Mehnat faoliyatini 1980-yilda "Fargʻona irrigatsiya qurilishi" tresti qurilishmontaj boshqarmasida ekskavator mashinisti boʻlib ishlashdan boshlagan. Fargona avtomobil yoʻllaridan muntazam foydalanish boshqarmasida ekskavator, avtoskreper mashinisti (19832000), 2001-yildan shu boshkarmada mexanik. Respublikadagi muhim yoʻl qurilishi obʼyektlarida faol ishtirok etib, yuqori mehnat koʻrsatkichlariga erishgan, koʻplab ekskavatorchi shogirdlar yetishtirgan.