Ulugʻbek Soliboyev
Qiyofa
| Улуғбек Абдулахадович Солибоев | |
|---|---|
| рус. Улугбек Абдулахадович Салибаев | |
| Tavalludi |
4-avgust 1969-yil |
| Fuqaroligi |
|
| Partiyasi | Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi |
| Turmush oʻrtogʻi | Raʼno (1973) |
| Bolalari | Behzod (1993), Farhod (1995), Sherzod (1997) |
| Mukofotlari |
|
Ulugʻbek Abdulaxadovich Soliboyev (1969-yil 4-avgust OʻzSSR Toshkent viloyati Chinoz tumani Paxta qishlogʻida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik jamoat arbobi, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati elektr xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, bosh revizori.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek Soliboyev 1969-yil 4-avgustda Chinoz tumani Paxta qishlogʻida tugʻilgan.
1991-yil Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini muhandis-temiryoʻlchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2011-yili „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 2011-yil 17-maydagi Farmoni bilan taʼsis etilgan) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston temir yoʻllari tizimi boʻyicha faqat toʻrtta xodimgina ushbu nishon bilan taqdirlangan[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Otasi – Toʻxtasinboy (Abdulaxad) Soliboyev (1942-yil 24-may – 2008-yil) Paxta temir yoʻl bekatida elektromexanik boʻlib ishlagan.
- Onasi – Diloromxon Rahmonova (1943-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) – Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Paxta qishlogʻi 27-sonli Tursunoy Oxunova nomli maktabda direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan, hozir nafaqada.
- Turmush oʻrtogi – Raʼno (1973-yil 23-yanvarda tugʻilgan).
- 3 ta oʻgʻli bor: Behzod (1993-yil 19-oktyabrda tugʻilgan), Farhod (1995-yil 21-oktyabrda tugʻilgan), Sherzod (1997-yil 29-mayda tugʻilgan).
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 2011-yil 17-maydagi Farmoni bilan taʼsis etilgan) (2011).- Koʻplab fahriy yorliqlar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tsentraziya Personi“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Сentrasia (Wayback Machine saytida 2016-02-01 sanasida arxivlangan)