Ulugʻbek Sagʻdiyev
| Ulugʻbek Sagʻdiyev | |
|---|---|
| Tavalludi |
1970-yil |
| Vafoti | 2014-yil 18-oktyabr |
| Fuqaroligi |
|
| Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi |
Ulugʻbek Sagʻdiyev (1970-yil, Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2014-yil, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) – oʻzbek oʻqituvchisi[1]. 2014-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ nishon bilan taqdirlangan. 2009-yil nashr etilgan Oʻzbekistondagi barcha maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan „Geometriya-7“ oʻquv fan darsligining muallifi hisoblanadi[2][3]. 7-8-sinf oʻquvchilariga „Geometriya“ fanidan dars beradigan oʻqituvchilar uchun uslubiy metodik qoʻllanmalar muallifi ham hisoblanadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek Sagʻdiyev 1970-yil Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻilgan. 1977-yildan 1985-yilgacha oʻrta taʼlimni Qarshi shahridagi maktablarning birida olgan. 1985-yildan 1987-yilgacha Qarshi shahridagi 5-maktabda tahsil olgan. Maktabni 1987-yilda muvaffaqiyatli tamomlagach, Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kiradi. 1991-yil oliygohni tamomlaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz mehnat faoliyatini 1991-yilda Qarshi shahridagi 25-maktabda va 29-maktablarda matematika fanidan oʻqituvchilik qilishdan boshlagan. 2006-yildan 2014-yilgacha esa, Qarshi davlat 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida faoliyatini olib bordi. Oʻqituvchilik faoliyati davomida orttirgan koʻnikma va malakalari sababli, 2009-yilda uning muallifligida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 7-sinfda tahsil oladigan oʻquvchilar uchun „Geometriya“ darsligi nashr etilgan. Darslik 452 ming nusxada chop etilgan. Bundan tashqari, shu yili geometriya fanidan dars oʻtuvchi 7-8-sinf oʻqituvchilari uchun moʻljallangan uslubiy metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqqan. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan yuqori oʻzlashtiruvchi maktab oʻquvchilari uchun rus tilida 5 ta oʻquv qoʻllanmasini yaratgan. Sagʻdiyev Oʻzbekistondagi geometriya fanidan dars oʻtuvchi oʻqituvchilar jamoasi bilan birgalikda turli yillarda AQSh va Buyuk Britaniya davlatlarida shu yoʻnalishda malaka oshirgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yili Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan, „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ nishoni bilan taqdirlangan. xalq taʼlimi aʼlochisi" nishoni bilan taqdirlangan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil oktyabr oyida oʻzi dars bergan Qarshi shahri 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida Oʻzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova ishtirokida "Sagʻdiyev Ulugʻbek Qamarovich " nomidagi xotira turniri tashkil etildi[4].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek Sagʻdiyev 2014-yilning 18-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shomurod Sharapov. Maktabimiz - faxrimiz. Toshkent: MASHHUR-PRESS, 2017 — 107-bet. ISBN 978-9943-4933-7-7.
- ↑ „“Биометрик паспортимга бармоқларим изи тушмаган”“. Yangi O‘zbekiston (2021-yil 11-avgust). Qaraldi: 6-yanvar 2026-yil.
- ↑ „Maktab darsliklari (7-sinf)“. Ziyouz.com.
- ↑ „O’tganlarni xotirlash“. Ziyo.net.