Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻbek Rozukulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov
Oʻzavtosanoat AJ kompaniyasi boshqaruvi raisi
Mansab davri
2023-yil 24-martdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shavkat Umrzoqov
 Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yil 20-apreldan – 2023-yil 23-martgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shavkat Jamolov
Vorisi Oybek Eshonov
 Oʻzbekiston havo yoʻllari raisi
Mansab davri
2018-yil 28-yanvardan – 2018-yil 20-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Valeriy Tyan
Vorisi Baxtiyor Hakimov
 Oʻzavtosanoat AJ kompaniyasi boshqaruvi raisi
Mansab davri
2007-yildan – 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Aripov
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tohir Jalilov
Vorisi Umidjon Salimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-may 1969-yil (1969-05-03) (55 yosh)
Nurafshon, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov – oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2007—2017 - yillarda va 2023-yil 24-martdan Oʻzavtosanoat AJ kompaniyasi boshqaruvi raisi, 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Indoneziya va Vyetnamdagi elchisi[1][2], OTIHTdagi vakili boʻlgan.

1969-yil 3-mayda Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida tugʻilgan[3].

Ilmiy darajasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1996-yilda Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot institutining aspiranturasini tugatgan.Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD).

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992—1997-yy. – Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi.

1997—1998-yy.  – Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining gʻaznachilik bosh boshqarmasi rahbari.

1998—2003-yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi rahbari.

2003—2005-yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari.

2005—2006-yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari.

2006-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Birlashgan tahliliy departamenti direktori.

2006—2007-yy. – O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori.

2007—2017-yy. – Oʻzavtosanoat AJ kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2008—2017-yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – „Oʻzavtosanoat“ AJ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari.

2011—2017-yy. – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori[4][5][6].

2017—2018-yy. – Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi Bosh direktori[7][8].

2018—2023-yy. – Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[9].

2019—2023-yy. – Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[10].

2019—2023-yy. – Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi favqulodda va muxtor elchisi[11].

2023-yildan – Oʻzavtosanoat AJ kompaniyasi boshqaruvi raisi[12].