Ullays jangi
Qiyofa
| Ullays jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musulmonlarning Eronga yurishlarining bir qismi | |||||||
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Roshidun xalifaligi | Sosoniylar imperiyasi arab ittifoqchilari | ||||||
| Kuchlar | |||||||
| 18,000[1] | 70,000 (asosan arab manbalaridan olingan maʼlumot) 30,000[2] (zamonaviy manbalar) | ||||||
Ullays jangi (arabcha: معركة أليس) – 633-yil iyun oyi oʻrtalarida Iroqda Roshidun xalifaligi va Sosoniy Fors imperiyasi kuchlari oʻrtasida kechgan jang. Ayrim manbalarda Qon daryosi jangi deb ham yuritiladi, chunki urush oqibatida juda koʻp sosoniy forslar va nasroniy arablari qurbon boʻlgan. Bu jang musulmonlar va Fors qoʻshini oʻrtasidagi ketma-ket toʻrtinchi va oxirgi jang boʻlgan. Har bir jangdan keyin forslar va ularning ittifoqchilari qayta toʻplanib, yana urushga kirgan. Bu janglar natijasida, Sosoniy fors qoʻshinlari Iroqdan chekinishga majbur boʻlishgan va Iroq Roshidun xalifaligi qoʻshinlari tomonidan zabt etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Agha Ibrahim Akram „22:The River of Blood“, . The Sword of Allah: Khalid Bin Al-Waleed, His Life and Campaigns. Adam Publishers, 2009 — 254-263-bet. ISBN 9788174355218.
- ↑ Crawford 2013, s. 105.