Ulin Bertil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ULIN (Ohlin) Bertil (1899.23.4, Klippan — 1979, Stokgolm) — shved iqtisodchisi va siyosat arbobi. Stokgolm oliy maktabi va Kopengagen universiteti (1924—29), Stokgolm oliy savdo maktabi (1929—65) prof. Shvetsiya savdo vaziri (1944—45). 1949—60 va 1969—70 yillarda Yevropa Kengashida, 1955—70 yillarda Shim. kengashda Shvetsiyaning vakili. Shvetsiya xalq partiyasi raisi (1944—67). U. "Mintaqalararo va xalqaro savdo" asarida E. Xeksher va P. Samuelson bilan birga ishlab chiqarish omilaarittt xalqaro taqsimoti nazariyasiga asos soldi. U xalqaro savdo va xalkaro kapital harakati nazariyalariga ham katta hissa qoʻshdi. Keyns qarashlarini rivojlantirgan holda davlat xususiy tadbirkorlar va monopoliyalar uchun qulay sharoitlar yaratib berishi mumkin boʻlgan mutanosib raqobat, monopoliya va davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini asoslab bergan. K. Vikseld va E. Lindalning izdoshi boʻlib, iqtisodiy taraqqiyotning "shved modeli"ni butunlay qoʻllabquvvatladi. Nobel mukofoti laureata (1977, J. Mid bilan birga). Ad.: Fomin B. S, Ekonometricheskiye teorii i modeli mejdunarodnix ekonomicheskix otnosheniy, M., 1970.