Ukraina kinosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ukraina siyosiy xaritasi va undagi asosiy shaharlar

Ukraina kinosi Ukrainada yoki xorijdagi ukrainalik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan kino va ijodiy filmlarni oʻz ichiga oladi.

Taniqli ukrainalik rejissorlar qatoriga Aleksandr Dovzhenko, Dziga Vertov va Sergey Paradjanov kabilarni kiritish mumkin. Dovzhenko sovet eng taniqli sovet kinematograflaridan biri sifaitda tilga olinadi[1]. U, shuningdek, sovet montaj nazariyasini ishlab chiqqan va Dovzhenko kinostudiyasiga asos solgan. 1927-yilda Dziga Vertov Moskvadan Ukrainaga koʻchib oʻtdi va VUFKU kinostudiyasida u "Oʻn birinchi yil", „Kinokamerali odam“ va birinchi Ukraina hujjatli ovozli filmi hisoblanmish „Entuziazm“ (Donbass simfoniyasi) kabi bir nechta avangard hujjatli filmlarni suratga oldi. Paradjanov-ukrain, arman va gruzin kinosiga katta hissa qoʻshgan arman kinorejissori va rassomidir; u sotsialistik realizmning yetakchi tamoyillariga mutlaqo zid boʻlgan oʻzining kinematografiya uslubi-Ukraina sheʼriy kinosiga asos solgan.

Ukrainalik mashhur rejissorlar sirasiga qolaversa Kira Muratova, Larisa Shepitko, Sergey Bondarchuk, Leonid Bikov, Yuriy Illienko, Leonid Osyka, Vyacheslav Krishtofovich, Roman Balayan, Sergiy Masloboyschikov, Ihor Podolchak va Maryna Vroda kabilarni kiritish mumkin.

Vira Kholodna, Bogdan Stupka, Sergey Makovetskiy, Mayk Mazurki, Natali Vud, Denni Kay, Jek Palans, Milla Yovovich, Olga Kurylenko va Mila Kunis kabi koʻplab Ukrainalik aktyorlar xalqaro shon-shuhrat va muvaffaqiyatlarga erishdilar jumladan. Serge Gainsbourg, Leonard Nimoy, Vira Farmiga va Taissa Farmiganing ota-onalari; Stiven Spilberg, Dastin Xofman, Silvestr Stallone, Kirk Duglas, Leonardo Di Kaprio, Winona Ryder, Vupi Goldberg, Edvard Dmitrik, Lenni Kravits va Zoe Kravits, illyuzionist Devid Kopperfild, animator Bill Tytla kabilarning bobo-buvilari Ukrainalik immigrantlar boʻlishgan.

Mazkur sohada erishilgan muhim yutuqlarga qaramasdan, Ukraina kino sanoati koʻpincha Rossiya va Evropa taʼsiri ostida boʻlganligi, unning Yevropa va Rossiya kinosi bilan ayniy ekanligi toʻgʻrisida bahs-munozaralar mavjud.[2] Ukrainalik produserlar xalqaro qoʻshma filmlarda faol ishtirok etadilar, ukrainalik aktyorlar, rejissorlar va ekipaj aʼzolari muntazam ravishda rus (va sobiq sovet) filmlarida suratga tushishgan. Ukraina xalqi, hikoyalari yoki voqealariga asoslangan muvaffaqiyatli filmlar qatoriga Potemkin jangovar kemasi, Kino kamerali odam va Hamma narsa yoritilgan kabilarni kiritish mumkin.

Ukraina davlat kino agentligi Aleksandr Dovjenko nomidagi Milliy kinomarkazga, filmdan nusxa koʻchirish laboratoriyasi va arxiviga egalik qiladi va Odessa xalqaro kinofestivalini oʻtkazishda ishtirok etadi. Yana bir festival, Kiyevdagi Molodist, Ukrainada oʻtkaziladigan yagona FIAPF tomonidan akkreditatsiya qilingan xalqaro kinofestivaldir; tanlov dasturida talabalar filmlari, birinchi qisqa metrajli filmlar va butun dunyo boʻylab birinchi toʻliq metrajli filmlar uchun boʻlimlar mavjud. U har yili oktabr oyida oʻtkaziladi.

Ukraina kinosi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina bayrogʻi
Kyiv kinoteatri.

Odessa kinostudiyasi hududida Kino muzeyi mavjud boʻlib, unda siz umuman kino tarixi va uning bir qismi sifatida Ukraina kinosi tarixi boʻyicha koʻplab qiziqarli faktlarni topishingiz mumkin. Bu yerda siz kino ixtirosidan tortib postmodern, raqamli va avangardgacha boʻlgan tarixiy materiallarni topa olasiz.

Ukraina SSR kinolari sotilish darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraincha nomi Oʻzbekcha nomi Yil Sotilgan chiptalar (million dona)
НП – Надзвичайна пригода FH — Favqulodda hodisa 1959-yil 47.5
У бій ідуть лише «старі» Jangga faqat keksalar bormoqda 1973-yil 44.3
Вдалечінь від батьківщини Vatandan uzoqda 1960-yil 42.0
Доля Марини Marinaning taqdiri 1954-yil 37.9
Подвиг розвідника Maxfiy agent 1947-yil 22.73

Tegishli davlat va fuqarolik organlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu soha Ukraina Madaniyat vazirligi va Ukraina kinematograflar uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi.

Ukraina kinematografiyasining markaziy ijro etuvchi organi-Ukraina davlat kino agentligidir. Ukraina Madaniyat Jamgʻarmasi bilan birgalikda u Ukraina kinosiga eng yirik sarmoyador hisoblanadi va 2019-yil holatiga koʻra, ushbu muassasalarning har biri Ukraina kino ishlab chiqarishiga taxminan 500 million Grivna sarmoya kiritmoqda.

Kino studiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dovzhenko kinostudiyasi kirish qismi.
Odessa kinostudiyasi

Davlatga tegishli[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dovzhenko kinostudiyasi (Kiyev)
  • Kievnaukfilm (Kiyev)
  • Ukraina milliy kinoteatri (oldin Kiyevnaukfilmning bir qismi boʻlgan) (Kiyev)
  • Odessa kinostudiyasi (Odessa)
  • Ukranimafilm (oldin Kiyevnaukfilmning bir qismi boʻlgan) (Kiyev)
  • Ukrtelefilm (Kiyev)
  • Yalta kinostudiyasi (Yalta)

Xususiy kinostudiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Animagrad (Kiyev)
  • Film Service Illuminator
  • Film. UA [3] (Kiyev)
  • Fresh Production
  • „Halychyna-Film“ kinostudiyasi (Lvov)
  • Interfilm kinostudiyasi
  • Kinofabryka
  • Linked Films
  • Odessa Animation Studio (Odessa)
  • Panama Grand Prix (Kiyev)
  • Patriot film
  • Pronto Film (Kiyev)
  • Star Media
  • Yalta-Film kinostudiyasi (Yalta)

Kino distribyutsiyasi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

B&H Film Distribution Company-yirik Ukraina kino distribyutori boʻlib, u Walt Disney Pictures, Universal Pictures, Paramount Pictures, Sony Pictures Entertainment (Columbia Pictures) kinokompaniyalarining Ukrainadagi distribyutori hisoblanadi.

Ukrainian Film Distribution (sobiq Gemini Ukraine) 20th Century Fox kompaniyasi (Fox Searchlight Pictures, Blue Sky Studios) kinolarining mahalliy distribyutori hisoblanadi.

VLG. FILM (sobiq Volga Ukraina) Miramax, StudioCanal, STX Entertainment, A24, Lionsgate, Focus Features International, EuropaCorp, Pathé Exchange, Kinology, Affinity Equity Partners, Exclusive Media Group, TF1 va boshqalar kompaniyalar kinolarining mahalliy distribyutoridir.

Kinomania Warner Brothers kinolarining mahalliy distribyutoridir (New Line Cinema).

Qisqa metrajli filmlar, festival gʻoliblari va artxauslar asosan Arthouse trafigi tomonidan tarqatiladi.[4]

Rassomlar uchun eng yangi veb-sayt maʼlumotlar bazasi tizimi Ukraina kino sanoati jamgʻarmasi hisoblanadi

Festivallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odessa kinofestivalining Gran-prisi
  • Molodist,[5] Kiev xalqaro kinofestivali, Kievda boʻlib oʻtadi (1970-)
  • Kiev xalqaro kinofestivali, Kievda boʻlib oʻtadi (2009-)
  • Kiev xalqaro qisqa metrajli kinolar festivali,[6] Kievda boʻlib oʻtadi (2012-)
  • Kinolev, Lvovda boʻlib oʻtdi (2006-)
  • Odessa xalqaro kinofestivali,[7] Odessada boʻlib oʻtadi (2010-yil)
  • "Krok" animatsion kinolar festivali,[8] (1987) Ukraina kinematograflar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan va Ukraina va Rossiyada boʻlib oʻtadi.
  • Pokrov, Kievda boʻlib oʻtadigan xristian pravoslav kinosining xalqaro festivali (2003-yil)
  • Vidkryta Nich (Ochiq tun), Kievda boʻlib oʻtgan Ukraina debyut qisqa metrajli filmlar festivali (1997-)
  • Xarkovda boʻlib oʻtgan „Xarkov Siren“ kinofestivali [9] xalqaro qisqa metrajli badiiyfilmlar festivali (2008-yil)
  • Wiz-Art, Lvovda boʻlib oʻtgan Xalqaro qisqa metrajli kinolar festivali (2008-yil)
  • VAU-Fest,[10] Kiev viloyatining Ukrainka shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro video sanʼat va qisqa metrajli kinolar festivali (2010-yil)
  • Kinofront, Ukraina Z va indi kinolari festivali (2008-)
  • Docudays UA, inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatli filmlar festivali, Kiyevda Ukraina boʻylab sayohat dasturi bilan oʻtkazildi (2003-yil)
  • Aloqa, Kievda boʻlib oʻtgan xalqaro hujjatli filmlar festivali (2005-2007)
  • Berdyansk xalqaro kinofestivali „Oltin Brigantin“,[11] Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Boltiqboʻyi mamlakatlarida tayyorlangan kinofestival, Berdiansk shahrida boʻlib oʻtadi (2011)
  • Irpin kinofestivali,[12] Irpin shahrida boʻlib oʻtgan muqobil kinoning notijorat xalqaro festivali (2003)
  • Oltin Pektoral, Truskavets shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Truskavets kinofestivali
  • Karpat toji,[13] Truskavets shahrida boʻlib oʻtgan yana bir xalqaro Truskavets kinofestivali
  • Ovozsiz kechalar, Odessa, Iyun oyining uchinchi haftasida Odessada boʻlib oʻtadigan xalqaro jim kinofestival.
  • Kino-Yalta, Rossiya hukumati bilan birgalikda tashkil etilgan produser kinosi (2003) festivali
  • Stozhary,[14] Kievda boʻlib oʻtdi (1995-2005)
  • Qrimning Sevastopol shahrida boʻlib oʻtgan Sebastopol xalqaro kinofestivali (2005-2009, 2011)

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shevchenko nomidagi Milliy mukofoti, sahna asarlari uchun
  • Aktyorlik sanʼati uchun Shevchenko nomidagi Milliy mukofot
  • Dovzhenko nomidagi Ukraina Davlat mukofoti
  • Skif kiyiklari, Molodist xalqaro talabalar kinematografiya festivalining bosh sovrini
  • Oltin Dziga (Ukraina kino akademiyasi mukofotlari), Odessa xalqaro kinofestivalining (OIFF) bosh mukofoti
  • Sunny bunny Molodist xalqaro talabalar kinematografiya festivalining bosh mukofoti
  • Ukraina panoramasi Molodist xalqaro talabalar kinematografiya festivalining bosh mukofoti

1987-yilda ukrainalik muhandis va animator Yevgeniy Mamut uchta hamkasbi bilan birgalikda " Yirtqich " filmi uchun RGA / Oxberry Compu-Quad maxsus effektli optik printerni loyihalash va ishlab chiqish uchun (Ilmiy va muhandislik ishlanmasi uchun) „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻldi.

2006-yilda ukrainalik muhandis va ixtirochi Anatoliy Kokush „Ukraina qoʻli“ girostabilizatsiyalangan kamerali krani va „Uchar bosh“ konseptsiyasi va rivojlanishi uchun ikkita „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Sobiq mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina yoki Ukraina bilan bogʻliq boʻlgan dunyoga mashhur aktyor va aktrisalar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ivan Katchanovski. "Film" entry in Historical Dictionary of Ukraine. Scarecrow Press, 2013 — 174 bet. ISBN 9780810878471. 
  2. Shevchuk, Yuri. Linguistic Strategies of Imperial Appropriation: Why Ukraine is absent from world film history. Ch. 22 of Contemporary Ukraine on the Cultural Map of Europe, ed. Larissa M. L. Zaleska Onyshkevych & Maria G. Rewakowicz. Routledge, 2014 — 359–374 bet. ISBN 9781317473787. 
  3. Website of Film., 2011-12-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-01
  4. About Arthouse Traffic
  5. Official website
  6. KISFF official website
  7. Official website
  8. Krok official website
  9. „Xarkovskaya Siren“. 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  10. VAU-Fest
  11. BMKF official page
  12. Irpin film festival official page
  13. „Crown of Carpathians“. 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  14. Stozhary film festival official page, 2020-11-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-03-01