Aleksandr Sergeyevich Uklonskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Sergeyevich Uklonskiy (1888.5.11, Gomel shahri — 1972.16.2, Toshkent) — geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1943). Geol.mineralogiya fanlari doktori (1920), professor (1920), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva universitetini tugatgan (1914). Toshkent Davlat Universiteti va ToshPIda mineralogiya kafedralarini va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida mineralogiya va geokimyo boʻlimlarini tashkil etgan. Toshkentda mineraloggeokimyochilar maktabini yaratgan. U. Oʻrta Osiyo, Oʻzbekistonda oltingugurt konlari mineralogiyasi va joylashish qonuniyatlarini oʻrgangan (1928—40), minerallarning geokimyoviy tasnifini tuzib, darslik yozgan (1940). Oʻzbekistondagi oqar suvlarning izotop tarkibini tekshirgan. Geokimyo faniga "protokristall", "izotop", "izobara", "paraelementlar" kabi yangi nazariy tushunchalar kiritgan. U. Oʻzbekistonda mineralogiya va geokimyo fanlari rivojiga salmokli hissa qoʻshgan. Yangi topilgan mineral uklonskovit deb atalgan.