Ukkilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ukkilar (Bubo) — yapaloqqushlar urugʻi. Uzunligi 30—72 sm. Boshida "quloq" deb ataladigan patlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari patli. 12 turi maʼlum. Avstraliya va Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda uchraydi. Oddiy ukkilar Afrika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda choʻl, dasht va togʻlardagi odam bormaydigan ovloq hududlarda yashaydi. Yerda, qoyatoshlar orasida uya quradi. Baʼzan daraxtlardagi yirik qushlar tashlab ketgan uyalarni egallaydi. 2—6 ta tuxum qoʻyadi. Har xil mayda qushlar, kemiruvchilar, quyon, oʻrdak, qurlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi.