Ujda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ujda — Marokashning shim.sharqiy qismidagi shahar. Ujda viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 365,6 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsizlik va kimyo sanoati korxonalari, sement zavodi, issiqlik elektr st-yasi bor. Sitrus meva va chorva mollarining yirik savdo markazi. Shahar yaqinidan toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux rudalari qazib olinadi.