Uganda Prezidentlari roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uganda Prezidenti - Uganda Respublikasining davlat rahbari hisoblanadi. Uganda Respublikasi Sharqiy Afrikadagi davlat boʻlib, maydoni 236 ming km². Afrikaning sharqiy qismidagi ekvatorial va subekvatorial kengliklardagi yerlarni oʻz ichiga olgan tabiiy oʻlka, shimolida Efiopiya yassitogʻligi, gʻarbda Kongo botigʻi, janubida Zambezi daryosining quyi oqimi va sharqda Hind okeani bilan chegaralangan. Uganda Prezidenti 34,6 mln.(2014) aholiga ega davlat Prezidenti sanaladi.

Uganda Prezidenti Yoweri Kaguta Museveni

Ugandaning amaldagi Prezidenti Kaguta Museveni 1944-yil 15-sentyabrda tugʻilgan. Ugandalik yirik siyosatchilardan biri hisoblanadi. Museveni 1986-yil 26-yanvardan buyon Afrikadagi Ugandaning Prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatda „Harakat“ siyosiy tashkiloti „Milliy“ radikal harakati asosida 1998-yil tuzilgan. Uganda Demokratik partiyasiga 1956-yilda asos solingan. Shuningdek, „Konservativ“ partiya 1979-yil tashkil etilgan. Ugandada xalq kongressi ham mavjud boʻlib, u 1960-yilda tuzilgan.

Vakolatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uganda Prezidenti:

  • toʻgʻridan-toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi;
  • Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni,
  • Bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

Cheklovlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uganda Prezidenti 75 yoshgacha boʻlgan mamlakat fuqarosi boʻlishi mumkin. Ammo, 2018-yil 2-yanvarda Prezident Museveni 2017-yil 27-dekabrda yosh chegarasini bekor qiluvchi qonunni imzolagani maʼlum qilingan. Bu qonun amaldagi Prezident 73 yoshli Yoveri Museveniga 2021-yilgi saylovlarda ishtirok etish imkonini bergan[1]. Yosh chegarasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi parlamentda muhokamalar toʻlqiniga sabab boʻlgan, natijada deputatlar oʻrtasida yirik nizolarga sabab boʻlgan. Yigʻilishda hukmron partiyadan va muxolifatdan parlament aʼzolari kurash olib borishgan[2].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ugandaning aholi jon boshiga YaIM rivojlanishi

Uganda – iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 44%, sanoatning ulushi 17% deb baholangan.

Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi band. Dehqonchilik uchun yaroqli boʻlgan 4 mln. gektarning 1/3 qismidangina foydalaniladi. Asosan, kofe, kakao oʻstiriladi, paxta, choy, shakarqamish, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, maniok, batat, banan, yams, tamaki va boshqa ekiladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Koʻllarda baliq ovlanadi hamda yogʻoch tayyorlash kabi ishlar bajariladi.

Uganda sanoatida konchilik asosiy oʻrinni egallayydi. Kilembeda miskobalt ruda koni va boyitish fabrikasi bor; volfram, apatit, ohaktosh va fosforit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 795 mln. kilovatt-soat elektr energiya xosil qilinadi. Nil boʻyidagi OuenFole GES, Kilembedagi GES, kichik issiqlik va dizel elektr stansiyalari bor. Uganda sanoatida 10 dan ortiq odam ishlaydigan 800 ga yaqin korxona bor. Jinjada mis eritish va poʻlat quyish, Tororoda asbotsement, superfosfat, Ximada sement zavodlari, turli joylarda oziq-ovqat (un, yogʻ, pivo, konserva), yengil (toʻqimachilik, qogʻoz, koʻnpoyabzal, tikuv), yogʻochsozlik, farmatsevtika, rezinatexnika, avtotaʼmirlash va yiguv (radiopriyomnik va sovitkich ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Muhim sanoat markazlari; Jinja, Kamlala, Mbale, Lira hisoblanadi[3].

Prezidentlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ism Vakolatlarning boshlanishi Vakolatining oxiri
1 Edvard Mutesa 1962-yil 9-oktyabr 1966-yil 21-noyabr
2. Milton Obote 1966-yil 15-aprel 1971-yil 25-yanvar
3. Ket Amin 1971-yil 25-yanvar 1979-yil 11-aprel
4 Yusuf Kirond Lule (vaqtinchalik) 1979-yil 13-aprel 1979-yil 20-iyun
5. Godfrey Binaysa (vaqtinchalik) 1979-yil 20-iyun 1980-yil 12-may
6. Paulo Muvanga (Harbiy kengash raisi) 1980-yil 12-may 1980-yil 22-may
7. Milton Obote 1980-yil 17-dekabr 1985-yil 27-iyul
8 Basilio Olara-Ochello (Harbiy kengash raisi) 1985-yil 27-iyul 1985-yil 29-iyul
9. Tito Okello (Harbiy kengash raisi) 1985-yil 29-iyul 1986-yil 26-yanvar
10 Yoveri Museveni 1986-yil 26-yanvar hozirgi vaqt

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]