Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
| |||
Tarkibida | RSFSR | ||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Ijevsk | ||
Asos solingan sanasi | 1920-yil 4-noyabr | ||
Bekor qilingan sanasi | 1991-yil 11-oktabr | ||
Rasmiy tillar | rus tili & udmurt tili | ||
Aholi | 1 million 418 ming kishi (1970) | ||
Maydoni | 42100 km² | ||
![]() | |||
Koordinatalari: 57°17′0″N 52°45′0″E / 57.28333°N 52.75000°E G O |
Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Udmurt ASSR, UASSR) — poytaxti Ijevsk shahri boʻlgan RSFSR tarkibidagi avtonom respublika. 1991-yilning 11-oktyabrida Udmurt Respublikasi deya qayta nomlangan[1].
1920-yil 4-noyabrda Votskaya (1932-yildan Udmurt) avtonom viloyati sifatida tashkil etilgan boʻlsa, 1934-yil 27-dekabrda Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi „Avtonomiyani oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi masalani koʻrib chiqdi. Ushbu qonun boʻyicha Udmurt viloyati avtonom Udmurt Respublikasiga aylantirildi[2].
Udmurt ASSRning birinchi Konstitutsiyasi 1937-yil 14-martda Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Sovetlarining II navbatdan tashqari s’ezdi tomonidan qabul qilingan. Birinchi Konstitutsiya Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining RSFSR tarkibidagi maqomini tasdiqlashga xizmat qiladi. Konstitutsiya Udmurt va rus tillarini davlat tili sifatida belgilab beradi[3]. Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1937-yil 22-oktyabrdagi farmoni bilan Kirov viloyatidan Udmurt ASSR tarkibiga Votkinsk, Sarapul, Karakulin va Kiyasov tumanlari oʻtkazildi[3].
1990-yil 20-sentyabrda Udmurt ASSR Oliy Kengashi respublika suverenitetini eʼlon qilgan[4]. 1991-yil 24-mayda RSFSR Xalq deputatlari qurultoyi RSFSR Konstitutsiyasining 71-moddasida respublikani Udmurt Sovet Sotsialistik Respublikasi[5] deb atagan tuzatishni eʼlon qildi.1938-yil iyun oyida RSFSR va UASSR Oliy Sovetlariga, 1939-yil dekabrda esa mahalliy sovetlarga saylovlar boʻlib oʻtdi. Saylovchilarning 99 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi. Partiya organlari tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ko‘pchilik ovozi bilan saylandi[3].
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1970-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra respublikaning umumiy aholisi 1 million 417,4 ming kishini tashkil etgan[1]. Aholining asosiy qismi ruslar (57%) va udmurtlar (34,1%) hisoblanadi.
Millati | Aholi |
---|---|
ruslar | 809,6 ming |
udmurtlar | 484,2 ming |
tatarlar | 87,2 ming |
ukrainlar | 10,3 ming |
Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
UASSR, Ijevskdagi madaniyat saroyi, 1960-yil, SSSR pochta markasi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 Туганаев 2008.
- ↑ Н. П. ИнфоРост. „Постановление Политбюро ЦК ВКП(б) «О преобразовании Удмурдской области в республику». 27 декабря 1934 г.“. docs.historyrussia.org. 12-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Васильева, Дмитриев, Куликов и др. 2005.
- ↑ „ПОСТАНОВЛЕНИЕ ВС УАССР ОТ 20.09.90 N 83-XII О ГОСУДАРСТВЕННОМ СУВЕРЕНИТЕТЕ УДМУРТСКОЙ РЕСПУБЛИКИ“. 19-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2016-yil.
- ↑ Zakon RSFSR ot 24 maya 1991 goda № 1326-I „Ob izmeneniyax i dopolneniyax Konstitutsii (Osnovnogo Zakona) RSFSR“
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Васильева О. И., Дмитриев П. Н., Куликов К. И. и др. История Удмуртии: XX век / под ред. К. И. Куликова. — Ижевск: Институт истории, языка и литературы УрО РАН, 2005. — С. 101. — 544 с. — ISBN 5-7691-1649-8
- Udmurtskaya Respublika : Ensiklopediya / gl. red. V. V. Tuganaev. — 2-e izd., ispr. i dop. — Ijevsk : Izdatelstvo „Udmurtiya“, 2008. — 768 s. — 2200 ekz. — ISBN 978-5-7659-0486-2.