Aleksandr Udalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Udalov Aleksandr Andreyevichdan yoʻnaltirildi)
Aleksandr Udalov
Tavalludi 20-sentyabr 1914
Ijod qilgan tillari Rus tili

Aleksandr Andreyevich Udalov [1914.21.9, Simbirsk (xoz. Ulyanovsk sh)] — RUS yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1974). 1920-yildan Toshkentda yashagan. 2jaxrn urushi qatnashchisi (1943—46). "Literaturniy Uzbekistan" (1937 — 40), "Zvezda Vostoka" (196065; 196769; 197185) jur,larida hamda "Komsomolets Uzbekistana" (1941—43) gaz.da bosh muharrir, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953—56), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1956—75). "Vatan urushi yillarida bolalar" turkum hikoyalari (1941) va "Marina" qissasini (1940) yozgan. Qissa va hikoyalar toʻplamida ("Oʻrmonlarda", 1943—49; "Jonim bilan", 1947—48; "Zamondoshlarim", 1950; "Yoz kunlarining birida", 1957; "Qizlar", 1961; "Koʻk togʻlarda", 1981 va boshqalar) urush fojialari tasvirlangan. "Sabr kosasi" dilogiyasi ("Sabr kosasi", 1kitob, 1964; "Muhabbat mangu", 2kitob, 1973) Turkiston tarixi va xalqlar doʻstligi haqida. "Vatan oʻgʻloni" (1982), "Turmushimiz kunlari" romanlari (1989) muallifi. P. Muxamadyorova va Hakim Nazirning qissa va hikoyalarini rus tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1983).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Birinchi qor [qissa]. T., 1958; Sabr kosasi [roman], T., 1965; Izbr. proizvedeniya, t. 1—2, T., 1989; Otkrivateli mira [povesti, rasskazi], T., 1990.