Uchtut
Qiyofa
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Uchtut — Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi qishloq nomi. Nom tarkibi: uch + tut. „Uch“ soʻzi uchdona, yaʼni miqdor bildiruvchi son maʼnosini beradi; shuningdek, hududning oxirgi, chekkadagi nuqtasi maʼnosida ham ishlatiladi. „Tut“ esa oq va shirin meva beradigan, bargi ipak qurtiga oziq boʻladigan, tanasi qattiq va qizgʻish yogʻochli daraxtni anglatadi. Shu bilan, Uchtut qishlogʻi nomi yonma-yon joylashgan uchta tut daraxti mavjud boʻlgan hududni bildiradi. Boshqa bir izohga koʻra, Uchtut — belgilangan hududning oxirgi (uch) qismida tut daraxti oʻsgan maskan sifatida talqin qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |