Uchqun kamerasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uchqun kamerasi - zaryadlangan zarralarning treklari (izlari) kuzatiladigan va qayd qilinadigan asbob; ishlash prinsipi zarralarning elektr kondensatorning gaz oraligʻidan uchib oʻtayotganda qosil boʻlayotgan uchqun razryadning kuchayishiga asoslangan. Uchqun kamerasining elektrodlari ikki yassi parallel plastinadan iborat. Plastina oraligʻi (odatda, 1+50 cm) He, Ne yoki ularning aralashmasi bilan toʻldiriladi. Ish hajmidagi bosim 1 atm.ga yaqin. Zaryadlangan zarralar tomonidan gazlar ionlashishi tufayli elektronlar hosil boʻlib, uchqun razryad vujudga keladi. Uchqun kamerasini dastlab 1957-yilda Kranshau va de Bir qoʻllashgan. Koʻpgina xrllarda Uchqun kamerasilar boshqa qayd qiluvchi detektorlar (mas, Cherenkov hisoblagichi, ionlash kamerasi) bilan birgalikda ishlatiladi.

Uchqun kamerasilarning bir necha xili mavjud: a) tor oraliqli Uchqun kamerasilar bir nechta elektrodlardan tuzilib, ikki elektrodi orasi 1 sm; b) elektrodlari 3550 sm da joylashtirilgan Uchqun kamerasilar (izli Uchqun kamerasilar) da uchqun razryad zarraning izi boʻylab kuzatiladi; v) strimer Uchqun kamerasi (plastinalar oraligʻi 5+20 sm) larda uz. 3 mm dan 10 mm gacha boʻlgan tolasimon yorqin kanallar — strimerlar hosil boʻladi, ularni apparat yordamida suratga olish mumkin. Magnit maydoniga oʻrnatilgan Uchqun kamerasilar yordamida kamerani kesib oʻtgan zarraning impulsini ham aniklash mumkin. Uchqun kamerasi hozirgi kunda yadro zarralari, yadro reaksiyalar, elementar zarralar va kosmik nurlarni oʻrganishda asosiy vositalardan biridir.