Ubaydulloh ibn Umar
| Ubaydulloh ibn Umar عُبَيْدِ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ | |
|---|---|
| Vafoti |
657 Siffin, Suria |
| Fuqaroligi | Rashidun xalifaligi |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Otasi | Umar |
| Onasi | Ummu Kulsum binti Jarval |
Ubaydulloh ibn Umar ibn al-Xattob (arabcha: عُبَيْدِ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ بْنُ الْخَطَّاب; 657-yil yozida vafot etgan) – xalifa Umarning (h. 634–644) oʻgʻli. 644-yilda otasining oʻldirilishiga aloqadorlikda gumon qilingan Hormuzonni oʻldirgan va keyinchalik bu ishi uchun xalifa Usmon (h. 644–656) tomonidan kechirilgan. Biroq uning kechirilishiga islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi Ali qarshi boʻlgan. 656-yilda Ali xalifa boʻlgach, Ubaydulloh undan Usmonning kechirimini tasdiqlashini iltimos qilgan, biroq xalifa Ali buni rad etgan. Shundan keyin Ubaydulloh Alining asosiy dushmani, Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyonga tomonga oʻtib ketgan. Muoviya Ubaydullohni Siffin jangida oʻzining elita qoʻshiniga qoʻmondon qilib tayinlagan. Ubaydulloh ibn Umar aynan shu jangda halok boʻlgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ubaydulloh xalifa Umar ibn al-Xattobning oʻgʻli edi. Uning otasi islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan boʻlib, Makkaning Quraysh qabilasi Banu Adiy urugʻidan boʻlgan. Umar 634-yildan 644-yilda unga suiqasd uyushtirilib, oʻldirilgunga qadar xalifa boʻlgan. Ubaydullohning onasi Banu Xuzoa qabilasidan edi, biroq keyinchalik Umar uni taloq qilgan. Tarixchi al-Madoiniy (vafoti: 843) uning ismini Mulayka binti Jarval deya maʼlumot bergan va uning Umar bilan ajrashganidan soʻng Abu al-Jahm ibn Huzayfa bilan turmush qurganini yozgan. Boshqa bir tarixchi al-Voqidiy (vafoti: 823) Ubaydullohning onasi Ummu Kulsum boʻlgan deya taʼkidlagan[1].
Ubaydulloh Utarid ibn Hojibning qizi Asmo bilan turmush qurgan. Utarid ibn Hojib Banu Tamim qabilasi Dorim urugʻining nufuzli kishilaridan boʻlgan[2]. Shuningdek, u Zi Qar jangida (609) qatnashgan mashhur arab sarkardasi Honiy ibn Qabisaning qizi Bahriya bilan ham turmush qurgan. Honiy ibn Qabisa esa Rabi’a qabilasidan boʻlgan[3].