Mamatxon Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ubaydullayev Mamatxondan yoʻnaltirildi)
Mamatxon Ubaydullayev
Tavalludi 22-aprel 1925-yil
Vafoti 29-aprel 2010-yil(2010-04-29)
(85 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Mamatxon Ubaydullayev (1925.3.3, Namangan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1982). 1943-yildan Namangan viloyat musikali drama va komediya teatrida ishlaydi. "Ogʻriq tishlar"dagi Mamarasul, "Otello"da Yago, "Maysaraning ishi"da Choʻpon, "Ona qalbi"da Erkin, "Shubha"da Haydar, "Qirol Lir"da Graf Emond, "Nurxon"da Mamat, Hoji, "Tohir va Zuhra"da Qorabotir, "Hamlet"da Hamlet, "Sarvqomat dilbarim"da Ilyos, "Ezop"da Ksaf, "Aziz va Sanam"da Junaidxon kabi rollarni oʻy n agan. Qaqramonlarini nozik psixologik kechinmalar orqali ifoda etish, nutq va harakatlarning rang-barangligi, kuchli temperament U. ijodining yetakchi xususiyatlaridan. "Elyurt hurmati" ordeni (1998), "Shuxrat" medali (1993) bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil