Hikmatilla Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ubaydullaev Hikmatilladan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratillaevich
Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratillaevich
Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratillaevich
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot kotibi

2019-yil 14-fevraldan
 
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 22-iyul 1996 (1996-07-22) (23 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Partiyasi: Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi
Maʼlumoti: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Biografiya[tahrir]

Hikmatilla Ubaydullayev Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakulteti va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining yuqori jurnalistika kurslarini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini BMTning Oʻzbekistondagi Axborot markazida boshlagan. Shuningdek, "Oʻzbegim Taronasi" radiosida muxbir, Milliy TV nodavlat musiqiy va koʻngilochar telekanalida muharrir lavozimlarida ishlagan.

2018-yil aprel - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining Media manbalarini monitoring qilish hamda  takomillashtirish guruhining yetakchi mutaxassisi.

2018-yil iyul - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar, jamoatchilik bilan aloqalar va davlat boshqaruvi bilan aloqalar bo’yicha yetakchi mutaxassisi. [1][2]

2018-yil dekabr - Choʻlpon nomidagi Nashriyot-matbaa ijodiy uyining matbuot kotibi.

2019-yil fevral oyidan boshlab Ubaydullayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbari.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]