Ubaydullaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ubaydulla Sultondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Ubaydullaxonoʻzbek hukmdori, shayboniylar sulolasi vakili, 1533–1540-yillarda Buxoro xonligini boshqargan. Shayboniyxon halok boʻlgach, uning oʻrniga amakisi Koʻchkunchixon taxtga oʻtirdi. Koʻchkinchixondan soʻng taxtga oʻgʻli Abu Said (1530–1533) oʻtirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning oʻgʻli Ubaydullaxon (1533–1540) qoʻliga oʻtdi.

Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga koʻchirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan boʻldi.

Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama oʻsdi. Ubaydullaxon oʻz davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishgʻol etgan, qizilboshlarni bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi oʻzaro kurash va tarqoqlikka barham berdi. Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi.

Manbalar[tahrir]

  • Oʻzbekiston tarixi. 2 qism. Toshkent, 1993.

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Muzaffar ad-Din (1531 - 1534)
Abul Gazi (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)