Ubaydulla Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ubaydulla Nasrullayevich Nosirov (1935.18.2, Jizzax tumani) — zootexnik olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), qishloq xoʻjaligi fanlari d-ri (1974), prof. (1979), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi FAning muxbir aʼzosi (1991).

Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1957). Zomin tumanining "Zomin" xoʻjaligida zootexnik-seleksioner (1960—64), Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida ilmiy xodim (1964—67), lab. va boʻlim boshligʻi (1968—82), Respublika naslchilik markazi direktori (1982 — 84), Oʻzbekiston chorvachilik i.t. instituti direktori (1984—89), "Plemelita" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori (1989—99). 1999 yildan Toshkent agrar universitetining prof. Ilmiy ishlari qoramolchilikda goʻsht yoʻnalishidagi "seleksiya, naslchilik xizmatini tashkil etish, mol goʻshti yetishtirishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar muallifi.

Manbalar[tahrir]

  • Goʻshtdor qoramolchilik, T., 1971; Proizvodstvo govyadini v zonax jarkogo klimata, T., 1985; Qoramolchilik, T., 2001; Fermer boʻlaman, T., 2002.