Ubaydulla Mingboyev
| Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev | |
|---|---|
| Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Oliy sudi raisi | |
|
Mansab davri 1991-yildan – 2001-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Muhammadbobur Malikov |
| Vorisi | Farruxa Muhiddinova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
30-yanvar 1939-yil Denov tumani, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR |
| Mukofotlari |
|
| Unvoni | 1-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev (30-yanvar 1939-yil, Denov tumani, Surxondaryo viloyati) – oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yildan 1956-yilgacha jamoa xoʻjaligida hisobchi boʻlib ishlagan[2].
1962-yilda harbiy xizmatni oʻtagan. 1966-yilda Toshkent universiteti yuridik fakultetini bitirgan.
1966-yildan 1968-yilgacha Toshkent shahri Shayxontohur tumani ichki ishlar boʻlimida tergovchi boʻlgan. 1968-yilda Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida katta tergovchi, 1969-yilda Ichki ishlar vazirligining tergov boshqarmasiga katta tergovchi etib tayinlandi[3].
1971-yilda Surxondaryo viloyat sudining sudyasi, 1972-yilda esa viloyat sudi raisining oʻrinbosari boʻldi. 1975-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi etib saylandi. 1978-yildan 1987-yilgacha Buxoro viloyat sudining raisi vazifasida ishladi.
1987-yilda Ubaydulla Mingboyev Oliy sudga sudya boʻldi. 1990-yil mart oyida Toshkent shahar sudining raisi, 1991-yil 12-iyunda Oliy sud raisi etib saylandi.
2001-yilda isteʼfoga chiqqan va 2017-yilgacha Oʻzbekiston sud tizimining faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazining raisi boʻlgan.
2017-yilda Oʻzbekiston sudyalar uyushmasi aʼzosi etib saylangan[4][5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[6].
2025-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[7].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „МИНГБАЕВ Убайдулла Курбанович“.
- ↑ „84 yoshli Mingboyev lavozimiga qayta saylandi“.
- ↑ „МИНГБОЕВНИНГ МИНГ ОЙЛИГИ“.
- ↑ „О формировании Высшего судейского совета Республики Узбекистан“.
- ↑ „Ubaydulla Mingboyev“.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев наградил сотрудников правоохранительных органов, Минобороны и МЧС“.
- ↑ „О присвоении У. Мингбаеву почетного звания «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси»“.
- 30-yanvarda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- Denov tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yuristlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Jasorat medali sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston huquqshunoslari