Ubaydulla II (Ashtarxoniy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Ubaydulla II - Buxoro xoni (1702 — 1711) Ubaydullaxon ii, Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 — Buxoro — 1711.16.3) — Buxoro xoni (1702—11), ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Birok, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan U. II Buxoro taxtini egallaydi (1702 y. sent.).

Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon (q. Mahmudbiy) Buxoroga boʻysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qoʻshib olib, Balxni mustaqil deb eʼlon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon oʻldirilgach (1707 y. mart), U. II Balx ustiga katta qoʻshin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707 y. 27 may).

U. II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoklar)ning harbiy bosqinlari (mas, Samarqandga hujum, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoklar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi (Toshkent va boshqa joylar)ga koʻchib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda U. II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar koʻrgan. Avvalo u maʼmuriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: xunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. U. II hatto markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan (mas, Joʻybor xojalari soliq toʻlashga majbur qilingan). Biroq Joʻybor shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, U. II oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan.

U. II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham aloxida oʻrin tutadi. U. II pul islohoti oʻtkazish orqali davlat xaziiasini toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq U. II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. U. II ga qarshi gʻalayonlar koʻtarildi.

U. II mamlakatda obodonchilik ishlariga eʼtibor qaratgan. U Madrasa va Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi (1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida bosh munshiy boʻlib, U.ning siyosiy faoliyati haqida "Ubaydullanoma" (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy" va Abdurahmon Tolennng "Tarixi Abulfayzxon" asarlarida ham U. II faoliyati aks etgan.

U. II saroy fitnasi natijasida Buxoroning Piri Mirza chorbogʻida oʻldirilgan. U Buxoro yaqinida — Bahouddin majmuasilagm Daxmai shohondaotasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.



Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nodir Muhammad 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subxonqulixon 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756