Vaynsep

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uaynsepdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Vaynsep, uaynsep — kechpishar olma navi, Amerikadan keltirilgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng . Koʻchati oʻtkazilgach, 6—7 yilda hosil-ga kiradi. Apr. ning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (100—120 g), yumaloq, och kizil, sirti mayda oq nuqtalar bilan qoplangan. Eti sargʻish, oʻrta shirali, (12,5 % qand 0,6 % kislota), tigʻiz, xushboʻy. Mevasi sent. oxiri — okt. boshlarida uziladi, 4—5 oygacha yaxshi saklanadi. Tupidan 350—400 kg hosil olinadi. Sovuqka chidamli. Unumdor tuproklarda va yaxshi parvarish qilinganda moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklar uchun tavsiya etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil