Terks va Kaykos orollari
Tyorks va Kaykos orollari inglizcha: Turks and Caicos Islands
| |
|---|---|
| Britaniyaning dengizorti hududi | |
|
Madhiya: "God Save the King" | |
|
| |
| Poytaxt | Kobern-Taun |
| Eng katta shahar | Providensyales |
| Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
| Etnik guruhlar |
• 88% Afro-karibliklar • 8% Yevro-Karibliklar • 4% Aralash yoki hindu-Karibliklar |
| Etnoxoronim(lar) |
• Tyorks va Kaykos orolliklar • Tyorksliklar • Kaykosliklar |
| Hukumat |
Konstitutsiyaviy monarxiya ostidagi qaram hudud |
• Monarx |
Charles III |
| Dilini Deniyel-Selvaratnam | |
• Gubernator oʻrinbosari |
Anya Uilyams |
| Vashington Misik | |
• Vazir |
Stiven Douti |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Parlament |
| Suveren davlat ( | |
• Parij shartnomasi |
1783-yil 3-sentyabr |
• Federatsiya |
1958-yil 3-yanvar |
• alohida koloniya |
1962-yil 31-may |
| Maydon | |
• Butun |
948 km2 |
• Suv (%) |
ahamiyatsiz |
| Aholi | |
• 2023-yilgi roʻyxat |
49,309 kishi (215-oʻrin) |
| • Zichlik | 121.7/km2 |
| YIM (nominal) | 2020-yil roʻyxati |
• Butun |
$924,583,000 |
| Pul birligi | AQSh dollari ($) (USD) |
| Vaqt mintaqasi | UTC−05:00 (EST) |
• Yoz (DST) |
UTC−04:00 (EDT) |
| Sana formati | kun/oy/yil |
| Avtomobil harakati | Chapga |
| Telefon prefiksi | +1 649 |
| ISO 3166 kodi | TC |
| Internet domeni | .tc |
|
Web-sayt gov.tc | |
Tyorks va Kaykos orollari – Bagama orollarining janubi-sharqiy qismidagi Tyorks, Kaykos va 30 dan ortiq boshqa orollardan iborat Buyuk Britaniya dengizorti hududi.
Boshqaruv shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstitutsiyaviy monarxiya. 2012-yil 15-oktyabrda yangi konstitutsiya kuchga kirdi. Buyuk Britaniya dengiz orti hududi. Davlat rahbari — Britaniya qiroli Charles III.
Xudud Ijroiya kengashi tomonidan boshqariladi. Unga qirolni namoyon etuvchi gubernator rahbarlik qiladi va bosh vazir, olti vazirlar kiradi.
Assambleya (mahalliy parlament) 21 deputatdan iborat. Ularning 15 nafari umumiy ovoz berish yo‘li bilan 4 yil muddatga saylanadi, 6 tasi gubernator tomonidan tayinlanadi. Mudofaa, ichki xavfsizlik, tashqi siyosat masalalarini Britaniya amalga oshiradi.
Milliy taraqqiyot partiyasi, Milliy-demokratik harakat partiyasi asosiy siyosiy kuchlaridir.
Bo‘linishi va aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma’muriy markazi va eng katta shahri Kobern-Taun. U Grand-Tyork orolida joylashgan.
Ma’muriy jihatdan 6 ta mintaqaga bo‘lingan. Ularning 4 tasi Kaykos va 2 tasi Tyorks orollarida joylashgan.
Aholisining 90 foizi qora tanlilar, qolganlari mulatlar va oq tanlilardir. Nasroniylik (86 foiz) asosiy dini.
Joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tyorks va Kaykos Britaniyaning G‘arbiy Hindistonidagi dengiz orti hududi. Atlantika okeanida, Bagama orollarining janubi-sharqiy arxipelagida, Gaitidan 144 km shimolda joylashgan. 40 ta katta va kichik oroldan tarkib topgan. Ular ikki — g‘arbda Kaykos, sharqda Tyorks guruhiga bo‘linadi.
Grand-Terk, Solt-Key, Shimoliy Kaykos, O‘rta Kaykos, Janubiy Kaykos va Providensiales orollarida odam yashaydi. Parrot-Key, Ambergris-Key, Uoter-Key va Payn-Key kurort-orollari hisoblanadi va bu yerlarda aholi doimiy yashamaydi.
Orollar tekislikdan va ohaktoshdan tarkib topgan. Shu bois yer qatlami suvni tutib qola olmaydi. Chuchuk suv juda muammo. Ko‘plab sho‘r botqoqliklar bor. Eng baland oroli Providensiales (49 metr). Orollar atrofini marjon qoyalar o‘ragan.
Iqlimi — tropik, passatli. Yillik yog‘in miqdori 700—800 mm. Qirg‘oq bo‘ylarida mangrlar o‘sadi, qarag‘ay o‘rmonlari bor. Suvlari baliq, langust, mollyuskalarga boy.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orol 1512-yili ispaniyalik Xuan Ponse de Leon tomonidan ochilgan. Tub joy aholisi bo‘lmagan. XVII asrda orolga Bermud orollaridan angliyaliklar tuz konlarini izlab kelishdi. Ispaniyaning noroziligiga qaramay Angliya bu yerda plantatsiyalarga asos soldi va qora tanli qullarni olib kela boshladi.
1766-yili Tyorks va Kaykos Britaniyaning rasmiy mustamlakasiga aylandi. 1873-yili u Yamayka mustamlakasi tarkibiga kirdi. 1917-yili Kanada bosh vaziri Robert Borden orolni o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishni taklif qildi. Ammo Britaniya bosh vaziri Lloyd Jorj bu taklifni rad etdi.
1962-yili avgustda Yamayka Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘ldi. Ammo Tyorks va Kaykos qirollik mulki bo‘lib qoldi.
1976-yildan orol o‘z mahalliy hukumati va parlamentiga ega. 1979-yili mahalliy hokimiyat London bilan orolga 1982-yilda mustaqillik taqdim etish bo‘yicha kelishuvni imzolagan edi. Ammo navbatdagi saylovlarda Tyorks va Kaykos boshqaruviga kelgan kuchlar davlat mustaqilligidan voz kechdi va Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududi maqomini saqlab qolishni afzal bildi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turizm yaxshi rivojlangan, ofshor moliyaviy biznesi va baliqchilik asosiy daromad manbalari hisoblanadi. Makkajo‘xori, loviya, tapiok, sitrus mevalar va sabzavotlar yetishtiriladi. Sol-Key orolidan tuz qazib olinadi. Orolda dengiz mollyuskalari yetishtiriladigan jahondagi eng katta ferma mavjud.
Hech qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq mavjud emas. Kompaniyalar faqat yillik litsenziya yig‘imlarini to‘laydi, xolos. Ofshor biznesining tarmoq yo‘nalishlaridan biri bu sug‘urta biznesidir. Sug‘urta faoliyatini olib boruvchilarga 2 mingdan ortiq litsenziya berilgan. Asosiy savdo sheriklari — AQSh, Buyuk Britaniya, Yamayka.
Karib hamjamiyatining assotsialashgan a’zosi (1991-yildan).
Oroldagi “Grace Bay” plyaji “TripAdvisor” saytida 2016-yilda dunyoning eng yaxshi plyaji deb tan olingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil