Tyler Morton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tyler Morton
Morton 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tyler Scott Morton[1]
Tavallud sanasi 31-oktyabr 2002-yil (2002-10-31) (21 yosh)
Tavallud joyi Wallasey, Merseyside, Angliya bayrogʻi Angliya[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Blackburn Rovers klubida ijarada
Liverpool klubidan
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009- Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021- Liverpool 2 (0)
2022-Blackburn Rovers (ijara) 20 (0)
Milliy terma jamoa
2021- England U20 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-noyabr uchun)

Tyler Scott Morton (2002-yil, 31-oktabrda tug‘ilgan) — ingliz professional futbolchisi, „Blackburn Rovers“ klubida[3] yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, Premyer Liganing "Liverpul" klubidan ijaraga olingan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morton „Greenleas“ oʻsmirlar jamoasida oʻynagan, „Liverpool“ akademiyasi murabbiylari tomonidan payqab qolingan va etti yoshida klubga qoʻshilgan, „Everton“ yoshlar tarkibiga qoʻshilish taklifini rad etgan[4].

U 2019-20-yilgi mavsumda jamoaning U-18 jamoasida debyut qilgan va Mersisayd derbisida Everton ustidan 6:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan[5]. U 2020-21-yilgi mavsumni Liverpool klubining 18 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagi jamoasida faoliyatini boshlagan, keginchalik, klubning 23 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga qoʻshildi. U 2020-21-yilgi mavsumda Liverpoolning 18 va 23 yoshgacha boʻlgan jamoalari safida 10 ta gol urdi va yoshlar jamoasining Angliya yoshlar kubogi finaliga chiqishida muhim rol oʻynadi[6].

2021-yilning yanvarida u klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi[7].

Morton birinchi jamoasidagi debyutini 2021-yil iyul oyida Wakker Innsbruck klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan[8], so‘ngra Liverpool asosiy jamoasida 2021-yil, 21-sentabrda Angliya liga kubogi doirasidagi Norvich City klubiga qarshi o‘yinida ikkinchi bo‘limda maydonga tushib klub safidagi oʻz debyutinni oʻtkazgan[9][10]. 20-noyabr kuni u Premyer-ligadagi debyutini "Arsenal" klubiga qarshi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning soʻnggi daqiqalarida maydonga tushib oʻtkazdi[11]. Toʻrt kundan soʻng u UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini "Porto" klubiga qarshi uy uchrashuvida oʻtkazdi va 2:0 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi[12]. 19-dekabr kuni Morton Premyer-ligada "Tottenham" klubiga qarshi oʻyinda (2:2) birinchi marta boshlangʻich tarkibda maydonga tushdi, maydonda 60 daqiqa mobaynida harakat qildi, shuningdek, oʻyin davomida sariq kartochka ham oldi[13].

2022-yilning 1-avgustida Morton „Blackburn Rovers“ klubiga mavsumiy ijara asosida qo‘shildi[14][15].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 11-noyabrida Morton 20 yoshgacha bo‘lganlar oʻrtasida oʻtkazilgan elit liga 2021-22-yilgi mavsumida Portugaliyaga qarshi o‘yinda (2:0) Angliya U-20 terma jamoasi safida debyutini o‘tkazdi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 14-noyabr holatiga ko'ra[17]Andoza:Needs update
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Angliya Liverpool 2021-22 Premyer-liga 2 0 2 0 3 0 2 0 9 0
Angliya Blackburn Rovers (ijara) 2022-23 Championship 20 0 0 0 2 0 22 0
Karyera jami 22 0 2 0 5 0 2 0 0 0 31 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 25-mart holatiga ko'ra
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Angliya Angliya U-20 2021 1 0
2022 1 0
Jami 2 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya Liverpool Academy

  • Lancashire kattalar kubogi: 2021-22[18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tyler Scott Morton“. The Athletic. Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  2. „Tyler Morton“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.
  3. Williams. „Liverpool have been given a new option in three positions amid Jurgen Klopp rotation“. Reach plc (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
  4. Hunter. „Meet the Academy: Tyler Morton“. Liverpool F.C. (2021-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
  5. „Tyler Morton signs new long-term Liverpool contract“. Liverpool F.C. (2021-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
  6. O'Neill. „'Tougher than you think' - Tyler Morton reflects on Liverpool debut and makes first team claim“. Reach plc (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
  7. „Tyler Morton signs new long-term Liverpool contract“. Liverpool F.C. (2021-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr. „Tyler Morton signs new long-term Liverpool contract“.
  8. O'Neill. „'Tougher than you think' - Tyler Morton reflects on Liverpool debut and makes first team claim“. Reach plc (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr. OʻNeill, Connor (21 July 2021).
  9. Poole. „Norwich City v Liverpool“. BBC Sport. BBC (2021-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.
  10. Hughes. „Klopp's kids are all right“. BBC Sport. BBC (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
  11. „Rampant Reds put four past Arsenal at Anfield“. Liverpool F.C. (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  12. Reddy, Melissa. „Liverpool vs Porto result: Thiago pearler makes Tyler Morton's Champions League debut a night to remember“. The Independent. Independent Digital News & Media Ltd (2021-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  13. Bysouth, Alex. „Tottenham Hotspur 2-2 Liverpool: Reds lose ground in title race“. BBC Sport. BBC (2021-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
  14. „Blackburn complete signings of Morton and Szmodics“. BBC Sport (2022-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  15. „Morton makes Rovers move!“. Blackburn Rovers FC (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  16. Veevers, Nicholas. „Portugal 2-0 England MU20s“. England Football. The Football Association (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  17. Tyler Morton Soccerway saytida. Qaralgan sana: 19 December 2021.
  18. „LFC U23s beat Burnley to lift Lancashire FA Senior Cup“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2022-yil 5-may.