Tuyatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tuyatish — xoʻraki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kertikli, yuzasi silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—25 sm), oʻrtacha vazni 800—1000 g , silindrsimon, gʻujumlari zich joylashgan. Gʻujumi yirik, dumaloq, sargʻishyashil. Sent.da yetiladi. Tarkibida oʻrtacha 23,4% qand, 3,2% kislota bor. Gektaridan 120—160 s hosil olinadi. Uzumidan mayiz solinadi. Mayizi mirik, sershira. Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida oʻstiriladi.