Kontent qismiga oʻtish

Tuyaboʻgʻiz GES

Koordinatalari: 40°59′28.8300097391″N 69°17′40.9187696795″E / 40.991341669371970°N 69.294699658244312°E / 40.991341669371970; 69.294699658244312
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tuyaboʻgʻiz GES
Mamlakat  Oʻzbekiston
Joylashuvi Oʻzbekiston
Kaskad Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti
Boshqaruvchisi „Oʻzbekgidroenergo“ AJ
Maqomi Amalda
Qurilishi boshlangan yil 2017
Agregatlar ishga tushgan yillar 2019
Asosiy tavsifi
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 41,2
Elektr quvvati, MVt 11,4
Asosiy inshoot
Toʻgʻon turi mavjud emas
Shlyuz mavjud emas
Xarita
Tuyaboʻgʻiz GES (Dunyo)
Tuyaboʻgʻiz GES

40°59′28.8300097391″N 69°17′40.9187696795″E / 40.991341669371970°N 69.294699658244312°E / 40.991341669371970; 69.294699658244312

Tuyaboʻgʻiz GES – Toshkent viloyatidagi gidroelektr stansiya. Oʻrta Chirchiq tumani Tuyaboʻgʻiz shaharchasida. Tuyaboʻgʻiz suv omborida joylashgan. Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti, Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Stansiyaga davlat nomidan „Oʻzbekgidroenergo“ AJ egalik qiladi.

GES qurilishi 2017-yil iyunda boshlanib[1], 2019-yil martda foydalanishga topshirilgan. Loyihalash Gidroproyekt AJ, qurish esa TO‘PALANG HPD IRRIGATION SYSTEMS UK tomonidan amalga oshirilgan[2]. Umumiy quvvati 11,4 MVt, yiliga oʻrtacha 41,2 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 1 600 ta xonadonning elektr toki isteʼmoliga tengdir[3][4][5].

Qurilish vaqtida loyiha qiymati 16,33 mln AQSh dollari boʻlgan[1]. GES ishga tushirilgach esa qiymati 15,8 million AQSh dollari boʻlib, shundan $8,1 million Xitoy eksport-import banki tomonidan moliyalashtirigani maʼlum qiligan[3].

2018-yil iyul holatiga koʻra, Tuyaboʻgʻiz GESda 61 ming m3 yer ishlari, 6,2 ming m3 beton ishlari amalga oshirilib, 362,7 tonna metall konsruksiya montaj qilingan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „«Toshkent dengizi"da kichik GES qurilmoqda“. Gazeta.uz. Afisha Media (2018-yil 2-iyul). Qaraldi: 28-yanvar 2025-yil.
  2. „«Tuyabo‘g‘iz» suv omborida yangi GES ishga tushiriladi (foto)“. Xabar.uz. Xabar gazetasi (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 28-yanvar 2025-yil.
  3. 3,0 3,1 „«Туябўғиз» кичик гидроэлектр станцияси фойдаланишга топширилди“. xs.uz. Xalq soʻzi gazetasi (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 28-yanvar 2025-yil.
  4. „Toshkent viloyatida Tuyabo‘g‘iz GES foydalanishga topshirildi“. gazeta.uz. Afisha Media (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 28-yanvar 2025-yil.
  5. „O‘zbekistonda Tuyabo‘g‘iz GES foydalanishga topshirildi“. Kun.uz. Web Expert (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 28-yanvar 2025-yil.