Kontent qismiga oʻtish

Tuxumli salat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tuxum salati
Turi Salat
Asosiy komponentlari Tuxum, mayonez, ziravorlar

Tuxumli salat – bu qattiq qaynatilgan yoki qovurilgan tuxumni mayda toʻgʻrab, unga xantal, mayonez, sabzavotlar, selder va zaytun qoʻshib tayyorlanadigan salat.

Unga turli ziravorlar hamda koʻkatlar qoʻshiladi va mayonez bilan aralashtiriladi. Tuzilishi va tayyorlanish usuli jihatidan tovuq salati, choʻchqa goʻshti salati, makaron salati, tunets salati, lobster salati yoki krab salatiga oʻxshaydi. Odatda tuxumli salat qattiq qaynatilgan tuxum, mayonez, xantal, mayda toʻgʻralgan selder va piyoz, tuz, qora murch va paprikadan tayyorlanadi. Bu salat koʻpincha tuxum sendvichlarning ichiga solinadi. Shuningdek, u yashil sabzavotlardan tayyorlangan salatlar ustiga qoʻshiladigan bezak sifatida ham ishlatiladi[1].

Kartoshka fri bilan berilgan tuxum sendvich

Tuxumli salat sendvichlari uchun yozilgan ilk bosma retseptlardan biri 1896-yilda chop etilgan The Boston Cooking-School Cook Book kitobida keltirilgan bo‘lib, uni mashhur amerikalik oshpaz Fannie Farmer yozgan[2].

Yam khai dao: qovurilgan tuxumdan tayyorlanadigan achchiq Tailand salati

Tuxumli salat turli sovuq mahsulotlar qo‘shish orqali ijodiy tarzda tayyorlanishi mumkin. Qo‘shimcha ingredientlar sifatida odatda bekon, bulg‘or qalampiri, kappar, pishloq, bodring, piyoz, salat barglari, tuzlangan sabzavotlar va hatto ketchup ishlatiladi[3][4][5][6].

Yahudiy oshxonasida tuxumli salat shmaltz (tovuq yog‘i), piyoz va ba’zan gribenes (qovurilgan tovuq terisi bo‘laklari) bilan tayyorlanadi[7]. U ko‘pincha Shabbat kechki ovqatining birinchi taomi sifatida xalla noni bilan yoki matzo bilan birga tortiladi. 1980-yillargacha bu taom “Jewish eggs” (“yahudiycha tuxum”) nomi bilan ham tanilgan[8].

  1. „The Nibble: Egg Salad“. www.thenibble.com. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  2. Russo, Susan. The Encyclopedia of Sandwiches. 
  3. „Something comforting, special about egg salad | Pacific Daily News | guampdn.com“. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  4. „Cucumber-Basil Egg Salad“ (2011-yil 31-mart). Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  5. „Classic Egg Salad Sandwich With Cheese - What to Expect“. Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  6. „HEINZ Classic Egg Salad Sandwich Recipe“. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
  7. Schwartz, Arthur. Arthur Schwartz's Jewish Home Cooking: Yiddish Recipes Revisited — 4-bet. 
  8. „How "Jewish eggs" regained their place in Hungary's kitchens“. Tablet. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.