Tuverqir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tuverqir, Tuarqir — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi past togʻli hudud. Shim.sharqda Uchtagan qumligi, jan.gʻarbda Chilmamedqum, shim.gʻarbda Qoraboʻgʻozboʻyi tekisligi va jan.sharqsa qad. Oʻzboʻy oʻzani orasida. Bu yerda Begendzaaliqir (300 m), Qoʻymattogʻ (305 m), Tuverqir (295 m), Begiarslon (460 m), Irsirayebobo (274 m), Oqqir (435 m), Takejik (356 m) va boshqa togʻlar bor.

Choʻl zonasida. Yiliga 95–100 mm yogʻin tushadi. Yanv.ning oʻrtacha trasi —2, —4°, eng past tra —24°. Iyulning oʻrtacha trasi 30°, eng yuqori tra 45°. T.da boʻzqoʻngʻir qumoq va qumloq tuproqlar, ondasonda shoʻrxok, qumli choʻl tuproqlari, taqir va koʻchma qumlar uchraydi. Tetir, shuvoq, biyurgʻun, boyalich, qumlarda yulgʻun, cherkez, oq saksovul, rang , sarsazan oʻsadi.