Aksirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tushkirishdan yoʻnaltirildi)

Aksirish, tushkirish — organizmning himoya reaksiyalaridan biri. Yot jismlar (chang, shilliq modda, achchiq, qoʻlansa islar va boshqalar) burun boʻshligʻidagi shilliq qavatning nerv hujayralariga taʼsir etishi natijasida A. sodir boʻladi. Taʼsirlovchilar uch tarmoqpi nervning burun boʻshligʻida joylashgan sezuvchi nerv oxirlariga taʼsir etadi. Bunga javoban kishi reflektor tarzda chuqur nafas oladi. Soʻngra yumshoq tanglay koʻtarilib, bu-running ichki teshigini berkitadi, natijada koʻkrak boʻshligʻida bosim oshib ketadi. Shundan keyin burunning ichki teshigi birdan ochilib, toʻplanib qolgan havo burun orqali chiqib ketadi. Shilliq qavatni taʼsirlab turgan yot modda ham havo bilan chiqadi. A. baʼzi kasalliklar (mas, gripp, tumov va boshqalar)ning boshlangʻich bel-gisi boʻlishi ham mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil