Tush (psixologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

TUSH, tush koʻrish — uyquda sodir boʻladigan subʼyektiv psixik hodisa. Fiziologik jihatdan T. bosh miya katta yarim sharlarining tormozlanmagan hujayralari faoliyati natijasidir. Chuqur uyqu paytida bosh miya poʻstloq qismining hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush koʻrilmaydi. Bosh miya poʻstloq qismining ayrim boʻlaklari tormozlanmaganda shu joylar kuchsiz taʼsirotlarga sezgir boʻladi. Shunda odam tush koʻradi. T.da uyqudagi kishi aniq va tasvirli kechinmalarning shohidi boʻladi. T.dagi voqealar bir-biriga bogʻliq, bir oz noaniq, hayajonli, afsonaviy tus oladi. T., asosan, tez kechadigan uyqu fazasidan uygʻonish vaqtida yoki undan soʻnggi bir necha min. davomida roʻy beradi, kishi uni uzoq vaqt yodsa sakday olmaydi. Kishi sokin kechadigan uyqu fazasida ham T. koʻrishi mumkin. Ertalabki uygʻonish davrida T., odatda, uzoq davom etadi (chunki bunda "tez kechadigan" uyqu vaqti uzoqroq boʻladi). T.ning xususiyati kishining nerv sistemasi tipiga, uning sogʻligʻiga, maʼlum davrdagi kechinmalariga bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Tush (psixologiya)" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil