Kontent qismiga oʻtish

Turunçlu masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Turunçlu masjidi
turkcha: Turunçlu Camii
Masjidning minorasi
Mamlakat  Kipr
Mahalla Iplik Bazar–Korkut Effendi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Evkaf administratsiyasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonlilar meʼmorchiligi
Asoschi Sayyid Mehmed Ogʻa
Hajmi 210 nafar nomozxon
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik


Turunçlu masjidi (turkcha: Turunçlu Camii), Turunçlu Fethiye masjidi nomi bilan ham tanilgan, devorlar bilan oʻralgan Nikosiya shahridagi Iplik Bazar–Korkut Effendi mahallasida joylashgan masjid boʻlib, hozirda Shimoliy Nikosiya hududida joylashgan. U Usmonlilar davriga taalluqlidir[1]. Masjid Beliğ posho koʻchasida joylashgan[2].

Masjid 210 nafar ibodat qiluvchini oʻzida sigʻdira oladi, ichki maydoni 148 m2. 2011-yil holatiga koʻra, uning jamoati 32 kishidan iborat boʻlgan[3].

XIX asrgacha bu joyda kichik masjid binosi boʻlgan. 1825-yilda Kipr hokimi Seayyid Mehmed Ogʻa ushbu masjid oʻrnida kattaroq masjid qurdirgan. Tarixan masjid Fethiye masjidi nomi bilan tanilgan va Mertek bozori hududida joylashgan. Bu kichik masjidga sıbyan maktabi (tarixiy boshlangʻich maktab) biriktirilgan boʻlib, bu maktabni ham Mehmed Ogʻa buzdirib, oʻrniga „Mekteb-i İrfane“ (Bilim maktabi) deb atalgan yangi maktab qurdirtirgan. 1894-yilga kelib, maktab barcha oʻquvchilarni sigʻdira olmas darajada kichik ekani qayd etilgan. Maktab maʼmuriyatining takroriy iltimoslariga qaramay, maktab taʼmirlanmagan va 1904-yilga kelib, xarob holda qolib ketgan. Natijada, 1900-yillarda maktab binosi buzib tashlanib, oʻrniga yangisi qurilgan[4].

1972-yilda masjidning tashqi devorlaridan biri qulab tushgan, keyinchalik bu devor qayta tiklangan[4].

Meʼmorchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid shimoli-sharq—janubi-gʻarb yoʻnalishida toʻgʻri toʻrtburchak reja asosida qurilgan. Old tomondagi shimoliy fasad oltita oʻtkir ravoq bilan, gʻarbiy fasad esa toʻrtta ravoq bilan bezaklangan[4]. Mehrob va minbar barokko uslubiga xos belgilarga ega[2].

Shimoli-sharqiy qismda ayollar boʻlimi vazifasini bajaradigan yogʻoch mezonin mavjud. Bu qismga yogʻoch zinapoya orqali chiqiladi. Silindrsimon minora shimoli-sharqda joylashgan boʻlib, unda bitta bezakli balkon bor. Minoraga masjidning namoz oʻqiladigan qismi orqali chiqiladi[4].

Kirish qismida 1825-yil sanasi tushirilgan, usmonli turk tilidagi bayt(lar)ni oʻz ichiga olgan yozuv mavjud[4].

  1. Bodur, Murat „Tarihi Osmanlı Cami’leriyle geçmişe yolculuk“. Star Kıbrıs (2011-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
  2. 2,0 2,1 „Turunçlu Fethiye Camii“. Nicosia Turkish Municipality. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  3. „Lefkoşa'ya 3657 mümin aranıyor“. Haber Kıbrıs (2011-yil 20-fevral). Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Bağışkan, Tuncer. Kıbrıs'ta Osmanlı Türk Eserleri. Turkish Cypriot Association of Museum Lovers, 2005 — 104–7-bet. 

VikiombordaTurunçlu Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.