Tursunoy Karimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursunoy Rahmatulayevna Karimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1925-yil
Аndijon
Vafoti 1998-yil 28-may
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Tursunoy Rahmatulayevna Karimova — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1925-yilda Andijonda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1939-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol ishtirok etgan. 1939-1994-yillarda kolxozchi, Andijon viloyati Lenin tumanidagi Stalin nomidagi kolxoz raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon, Xoʻjaobod, Oltinkoʻl tuman omitetlarining birinchi kotibi, Andijon ishlab chiqarish boshqarmasi partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Andijon viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Andijon viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi, Andijon viloyati faxriylar kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

SSSR Oliy Kengashining 2, 3 va 4-chaqiriqlari, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 6, 7-chaqiriqlari deputati hamda Oʻzbekiston SSR xalq deputati etib saylangan.

Karimova Tursunoy Rahmatulayevna 1998-yilda vafot etgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]