Toshpoʻlat Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tursunov Toshpoʻlatdan yoʻnaltirildi)

Toshpoʻlat Tursunov (1932.7.5, Toshkent) — teatrshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1985), professor (1986). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi (1995). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Shu institut qoshidagi metodika boʻlimining mudiri (1954 — 55), 1955 58, 1961 64, 1969 73y.larda Sanʼatshunoslik institutida turli ilmiy lavozimlarda ishlagan. Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi repertuarredaksion kollegiyasining bosh muharriri (1964 — 69), Teatr va rassomlik sanʼati institutining sirtqi oʻquv boʻlimining dekani (1973 — 74), ilmiyijodiy ishlar boʻyicha prorektori (1974 — 77), rektori (1987 — 96). Ayni vaqtda teatrshunoslik kafedrasi mudiri (1974 — 98), 1999-yildan kafedra professor T.ning ilmiy faoliyati Oʻzbekiston teatrlari tarixi, teatr va dramaturgiya, sahna sanʼati, aktyor mahorati masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. "Darbadar", "Alpomish" pyesalarini yozgan. "Bandai gumroh" (B. Brext), "Konsul oʻgʻirlandi" (G. Mdivani), "Yaralangan yuraklar" (I. Afandiyev), "Dunyoga ruju qilsang" (D. Valeyev), "Sud oldidan" (K. Amirov), "Chet ellik kuyov" (A. Papayan), "Metrodagi hodisa" (N. Baer), "Oq ertak, oppoq ertak" (V. Petrosyan) kabi asarlarni tarjima qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Karim qiziq Zaripov, T., 1960; Turgʻun Azizov, T., 2004.